Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

YeCHL. «Liverpul» va «Bavariya». Javob o‘yinidan oldin kimda imkon ko‘proq?

YeCHL. «Liverpul» va «Bavariya». Javob o‘yinidan oldin kimda imkon ko‘proq?

Baho:
+ | -1

Kecha «Enfild»da bo‘lib o‘tgan uchrashuv ko‘plab muxlislarda ikki xil taassurot uyg‘otdi. Kechagi uchrashuv va uning javob o‘yini oldidan kimda imkon ko‘proq ekanini chamalab ko‘ramiz.

Uchrashuv haqida

O‘yin «Liverpul»ning katta ustunligida o‘tgan bo‘lsa-da, statistika boshqacharoq gapirmoqda. 90 daqiqa mobaynida ikki jamoa darvoza sari atigi 2 bor aniq zarba yo‘llashdi. Eng qizig‘i shundaki, «Liverpul» safida eng ko‘p zarbani markaziy himoyachi Matip yo‘lladi. Uning 4 bor yo‘llagan zarbalaridan birortasi aniq chiqmadi.

«Bavariya» bu uchrashuvdan avval bir necha o‘yinlardan beri himoyadagi muammolarni bartaraf eta olmagandi. Kecha buni berkitish uchun o‘yinni «o‘ldirishga» urindi. Ular to‘pni u qanotdan bunisiga o‘tkazib, raqibni pressing qilishga va vaqtdan yutishga harakat qilishdi.

Levandovskining kechagi uchrashuvda ko‘rsatgan o‘yini so‘zimizga isbot bo‘la oladi. U hujumga o‘tganida iloji boricha to‘pni ushlab turishga urindi. Deyarli bir marotaba ham o‘tkir pas bermadi.

Bu durangdan kimga ko‘proq foyda?

«Bavariya»

Klubning so‘nggi o‘yinlariga nazar tashlasangiz, himoyadagi muammolar yaqqol ko‘rinib qoladi. Kovach javob bahsi oldidan o‘z jamoasiga gol urishni emas, o‘tkazib yubormaslikni asosiy vazifa qilib qo‘ygani shundoq ko‘rinib turdi. Sababi, nursiz durang «Alyans Arena»da bo‘lib o‘tadigan bahs oldidan ular uchun ideal hisob edi. Shu sabab «Bavariya» o‘yin tempini ko‘tarmadi, iloji boricha kichik epizotlar orqali matchni «o‘ldirish»ga urindi va buning uddasidan chiqdi ham. Hatto, Xames hujumga umuman o‘tmadi. Asosan, markazdagi to‘p uchun kurashlarda ishtirok etish bilan cheklandi. Ular uchun bu uchrashuv ko‘ngildagidek o‘tdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

«Liverpul»

Klubning asosiy 3 markaziy himoyachilari jarohatlangani sabab ushbu uchrashuvda Fabinyo markaziy himoyada o‘ynashga majbur bo‘ldi. Aynan shu sabab qanot himoyasidagi Robertson so‘nggi 12 uchrashuvdagi eng kam hujumkor harakatlar ko‘rsatgan o‘yinini o‘tkazdi. Klopp bu uchrashuv oldidan «Firminoning formada emas ekanligi va Virjilning yo‘qligi jamoa o‘yiniga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi»,- deb tan olgan edi. Amalda ham shunday bo‘ldi. Qanot himoyachilari Matip va Fabinyoga yordam berish uchun hujumlarga deyarli qo‘shilishmadi.

Jamoaning asosiy quroli sanaladigan qarshi hujumlar kecha amalga oshmadi. Sababi, Robertson va Arnold himoyadan deyarli chiqmadi. Hujumdagi uchlik esa bir nimalar qilishga urinishdi. Maydon markazida to‘pni olib qo‘ygan yarim himoyachi to‘pni oldinga bir o‘zi olib borib, hujumdagi uchlikka yetkazib berdiyu, o‘zi iloji boricha o‘z pozisiyasiga yaqinroq o‘ynadi. Kecha «Liverpul» o‘yin davomida 3 yo 4 bor pozision hujum uyushtirdi, ammo bu hujumlar shu qadar extiyotkor ediki, xatto xavfli vaziyat bilan ham tugamadi. Klopp Firminoni zaxiraga olib hujumdagi urg‘uni ikkinchi qavatga ko‘chirdi. Origi esa top saviyadagi hujumchilar singari yarimta imkoniyatdan foydalana olmasligini kecha shundoq ko‘rsatib qo‘ydi.

Javob o‘yini oldidan kimda imkoniyat ko‘proq?

Niko Kovach va Klopp ilk uchrashuvdagi hisobdan to‘liq qoniqqan bo‘lsa, ajab emas. Kovach javob uchrashuvi Myunxenda bo‘lishini hisobga olib bor imkoniyatlarini uyda ko‘rsatishga urinib ko‘rsa, Klopp javob uchrashuvini to‘liq tarkibda o‘tkazadi. «Bavariya» o‘z uyida juda xavfli bo‘lsada «Alyans Arena»da hujumga o‘tishga majbur bo‘ladi. Bu esa Klopp shogirdlari uchun qarshi hujumda o‘ynash imkonini beradi. 1:1 yoki boshqa hisobdagi durang «Liverpul»ni keyingi bosqichga olib chiqishini hisobga olsak, "Bavariya" o‘ta ehtiyotkor o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Mehmonda urilgan golning qadri balandroq ekanligi sabab «Bavariya» konsentrasiyani bir lahzaga ham yo‘qotmasligi shart! Bu esa «Liverpul»dan ortiqcha bosimni olib tashlaydi. Agar «qizillar» erkin o‘ynashsa, hech qaysi jamoaga oson bo‘lmasligi aniq!

«Bavariya» o‘z stadionidagi g‘alabaga ishonayotgan bo‘lsa, «Liverpul» to‘liq tarkib bilan ko‘rsatadigan dahshatli o‘yinlariga ishonib ilk uchrashuvdan to‘liq voz kechdi. Bu juftilik o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv aqlbovar qilmas darajada shiddatli o‘tishi aniq. «Enfild»dagi o‘yin to‘fon oldidan sokinlanib turgan ummonni eslatgan bo‘lsa, javob o‘yini gollarga boy, yuqori tempda o‘tishi aniq. Ikki klub ham javob o‘yini oldidan o‘z «ko‘zir»laridan foydalanmaganini hisobga olsak, bizni «Alyans Arena»da 90 daqiqa 100% kurashlarga boy, chiroyli match kutmoqda!

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:13, 20.02.2019.
O'qildi: 9522 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.