Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Bugun O‘zbekiston OTJ Ispaniyada ikkinchi nazorat o‘yini o‘tkazadi

Bugun O‘zbekiston OTJ Ispaniyada ikkinchi nazorat o‘yini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu kunlarda Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazayotgani haqida avval xabar berib o‘tgandik.

17 fevral kuni Lyubinko Drulovich shogirdlari "La Finca" stadionida Shveysariyaning "Delemon" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazib, 2:2 hisobida durang qayd etishgandi.

Bugun terma jamoamiz Ispaniyadagi ikkinchi nazorat o‘yinida maydonga tushadi. Vakillarimiz "Pinatar" stadionida "Lokomotiv Tbilisi" jamoasi bilan kuch sinashishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Terma jamoa murabbiylar shtabi yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga asosiy e’tiborni qaratmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida kelasi yil Taylandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi. Saralash bahslari Toshkentda o‘tkazilib, terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 10:11, 21.02.2019.
O'qildi: 3057 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик