Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Jeparov Superligada o‘ynamasligi mumkin – u jismoniy testdan o‘ta olmadi

Jeparov Superligada o‘ynamasligi mumkin – u jismoniy testdan o‘ta olmadi

Baho:
+ | -

Xorijdagi bir necha yillik faoliyatdan keyin O‘zbekistonga qaytib, «Metallurg» a’zosiga aylangan yarimhimoyachi Server Jeparov jismoniy testdan o‘tolmadi. Tribuna.uz manbasi xabar berishicha, u endi Superligada ishtirok etmasligi mumkin.

17 fevral kuni «Metallurg» futbolchilari O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan tasdiqlangan 30 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish va «Yo-Yo» test-sinovlarini topshirishgan. Uni texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo‘limi rahbari Shamil Iseev qabul qilib olgan. 

O‘zbekiston terma jamoasining 36 yoshli yarimhimoyachisi Server Jeparov esa test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tolmagan. 

«Metallurg» klubining test-sinovlarga bag‘ishlangan 17 fevral kungi hisobotida bu haqda hech qanday ma’lumot berilmagan.

Qoidaga ko‘ra, test-sinovlaridan o‘tolmagan futbolchi uchun yangi mavsum boshlangunga qadar yana bir imkoniyat beriladi. Agar undan ham o‘tolmasa, futbolchi yozgi test-sinovlarigacha futboldan chetlatiladi.

Eslatib o‘tamiz, Server Jeparov avvalgi mavsumni Qozog‘istonning «Jetisu» klubida o‘tkazgan edi. 2018 yil dekabr oyida tajribali futbolchi «Metallurg» bilan shartnoma imzoladi. 

Bugun, 21 fevral kuni «Metallurg» klubi «Milliy» stadion anjumanlar zalida yangi o‘yinchilarning taqdimot marosimini o‘tkazdi. Ularning orasida Server Jeparov ham bor edi.

Manba: www.tribuna.uz
Kiritildi: 18:46, 21.02.2019.
O'qildi: 6163 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.