Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Barchani bugungi Superkubok oldidan o‘tkaziladigan tadbirga taklif etamiz!

Barchani bugungi Superkubok oldidan o‘tkaziladigan tadbirga taklif etamiz!

Baho:
+ | -

Professional futbol ligasi O‘zbekiston Superkubogi uchrashuvini yuqori saviyada tashkil etish yo‘lida “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazi bilan kelishuvga erishgani hamda Superkubok uchrashuvi oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani ushbu markazda bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Rejaga ko‘ra, bugun - 22 fevral kuni Mirjalol Qosimov ham, Andrey Fyodorov ham matbuot anjumaniga jamoaning yetakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko‘rinishda emas, bayramona ruhda o‘tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston kubogi sohibi – AGMK jamoasi bosh murabbiyi va yetakchi o‘yinchilari ishtirokidagi o‘yinoldi matbuot anjumani soat 17:30da boshlanadi. Mamlakatimiz chempioni – “Lokomotiv” bosh murabbiy va yetakchilari ishtirokidagi matbuot anjumani esa soat 18:00da bo‘lib o‘tadi. Anjumanga barcha turdagi OAV xodimlari, futbol jamoatchiligi vakillari va muxlislarni taklif etamiz.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Superkubogi g‘olibiga topshiriladigan sovrin ham bugun “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin. Superkubok soat 15:00dan boshlab “Samarqand darvoza”da suratga tushish uchun hozir bo‘ladi. Shuningdek, 23 fevral kuni “Paxtakor” stadionida o‘tkaziladigan Superkubok o‘yini uchun Professional futbol ligasi tashrif buyuruvchilarga bepul chiptalar ham taqdim etadi.
 
Bugungi o‘yinoldi tadbirga keling, aslo afsuslanmaysiz!

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 11:51, 22.02.2019.
O'qildi: 5232 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик