Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

La liga. Messining «xet-trigi» «Barselona»ga irodali g‘alabani taqdim etdi

La liga. Messining «xet-trigi» «Barselona»ga irodali g‘alabani taqdim etdi

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 25-turi doirasida "Sevilya" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Kataloniyaliklar o‘yin davomida hisobda ortda borayotib, Messi tomonidan urilgan gollar evaziga g‘alabani ilib ketishga muvaffaq bo‘lishdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida "Sevilya" qarshi hujumda hisobni ochdi. O‘ng qanotdan yordamga kelgan Navas deyarli yakkama-yakka vaziyatda aniq zarba bilan hisobni ochdi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib Lionel Messi supergol bilan muvozanatni tikladi. Rakitich chap qanotdan havolatib yetkazgan uzatmadan so‘ng argentinalik futbolchi chap oyoqda 13 metrlardan to‘pni yerga tushirmasdan darvozaga joylab qo‘ydi.

Birinchi bo‘limga tugashiga 3 daqiqa qolganida mezbonlar "Barsa" himoyachilarining sustkashligini jazolashdi. Jarima maydonchasiga uzatma berilgan paytda kataloniyaliklar negadir harakatdan to‘xtab qolishdi. Sarabiya chiziq ustidan to‘pni jarima maydonchasiga qaytardi. Merkado esa 10 metrlardan darvozani zabt etdi.

Ikkinchi bo‘limda andalusiyaliklar to‘liq himoyalanib, g‘alabani ushlab qolishga harakat qilishdi. Bu orada ularning ikki futbolchisi jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Bu holat ham mezbonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmadi. Boz ustiga, "Sevilya" posboni Vaslik qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Tomash o‘z darvozasi oldidan uzoqlashtirish chog‘ida Rakitich to‘pni egallab olib, o‘ng qanotdagi Usmonga pas berdi. Dembelening uzatmasini qabul qilgan Messi 14 metrlardan o‘ng oyoqda zarba berib, darvozaning yuqori burchagini ishg‘ol qildi.

Nihoyat o‘yin tugashiga 5 daqiqa qolganda "ko‘k-anorranglilar" hisobda oldinga chiqib olishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Alenya 20 metrdan zarba berdi. To‘p himoyachining oyog‘iga tegdiyu, rekoshet holatda Messini yakkama-yakka vaziyatga "chiqarib" yubordi. Leo to‘pni darvozabonning ustidan osonlik bilan oshirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda maydon egalari katta kuch bilan oldinga o‘tishdi. Ammo mehmonlar hisobdagi farqni oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Messining ajoyib uzatmasidan keyin urugvaylik futbolchi yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va to‘pni darvozabonning ustidan oshirib qo‘ydi.

Shu tariqa, "Barselona" ushbu g‘alaba tufayli o‘z ochkolarini 57taga yetkazib, 2-o‘rindagi "Atletiko" 10 ochkoga ilgarilab ketdi. "Matraschilar" tur bahsini ertaga "Vilyarreal"ga qarshi o‘tkazadi. "Barsa"ni esa kelasi haftada "Real"ga qarshi ikkita o‘yin kutib turibdi.

La liga, 25-tur.
«SEVILYA» - «BARSELONA» - 2:4 (2:1)
Gollar: 1:0 – 22 Navas, 1:1 – 26 Messi, 2:1 – 42 Merkado, 2:2 – 67 Messi, 2:3 – 85 Messi, 2:4 – 90 Suares.
Sevilya – Vaslik, Merkado (Vaskes, 51), Gomes, Kyer, Veber (Amadu, 58), Banega, Navas, Rog (Mesa, 62), Sarabiya, Promes, Ben-Yedder.
Barselona – ter Stegen, Pike, Umtiti, Nelson Semedu (Serdji Roberto, 46), Alba, Vidal (Dembele, 46), Rakitich, Buskets, Koutinyo (Alenya, 79), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Pike (38), Rog (49), Veber (57), Vaskes (70), Kyer (80), Sarabiya (83), Mesa (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:10, 23.02.2019.
O'qildi: 6129 marta.
Fikrlar: 16 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.