Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbekiston Superkubogi-2019 muxlislar tashrifi bo‘yicha oldingilarini ortda qoldirdi

O‘zbekiston Superkubogi-2019 muxlislar tashrifi bo‘yicha oldingilarini ortda qoldirdi

Baho:
+ | -

23 fevral kuni O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Poytaxtimizdagi muhtasham “Paxtakor” stadionida kechgan bahsda mamlakatimizning amaldagi chempioni “Lokomotiv” 2018 yilgi mamlakat kubogi g‘olibi AGMKga qarshi bahs olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Anchagina qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan o‘yin yakuniga ko‘ra, “Lokomotiv” o‘z tarixida ikkinchi marta mamlakat Superkubogi sohibiga aylandi.  

Qayd etish joizki, Superkubok uchrashuvini yuqori darajada tashkil etish uchun Professional futbol ligasi bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Jumladan, ilk bora mamlakat Superkubogi uchun o‘yin bosh homiyga ega bo‘ldi. Turkiyaning KOC Elektrik AS kompaniyasi O‘zbekiston Superkubogi-2019 uchrashuvi bosh homiysiga aylandi.

O‘yindan bir kun avval tashkil etilgan matbuot anjumani ham odatdagidan o‘zgacha tarzda kechdi. “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazida tashkil etilgan o‘yinoldi tadbirida nafaqat OAV vakillari, balki ishqibozlar ham ishtirok etishdi. Anjuman yakunida tashkil etilgan dastxat berish tadbiri ham muxlislarga manzur bo‘ldi.

Stadionga kelishni istagan barcha muxlislarga o‘yin chiptasi bepul tarzda taqdim etilganini alohida qayd etish joiz. Shuningdek, o‘yin kuni elimiz suygan san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi ham uyushtirildi. Qolaversa, uchrashuvdan so‘ng bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimi ham o‘zgacha tarzda o‘tdi. Unda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, O‘FA 1-vise prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlar uyushmasi rahbari Erjan Bulut hamda Superkubok o‘yini bosh homiysi – KOC Elektrik AS kompaniyasi rahbari Ali Sarikoch qatnashdilar va O‘zbekiston Superkubogi-2019 g‘oliblariga sovrinni topshirdilar.

Keng futbol jamoatchiligi diqqat markazida o‘tgan mazkur uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatib borish uchun 18171 nafar ishqiboz “Paxtakor” stadioniga tashrif buyurdi. Bu esa O‘zbekiston Superkuboklari tarixidagi eng yaxshi natijaga aylandi. Ilgari eng ko‘p tomoshabin guvohligida kechgan Superkubok o‘yini 2015 yilgi bahs sanalar edi. O‘shanda “Paxtakor” – “Lokomotiv” o‘yinini ko‘rish uchun stadionga 7216 nafar tomoshabin kelgan edi. Bu safargi o‘yinni bevosita stadiondan kuzatgan ishqibozlar soni esa 18171 nafarni tashkil etdi.  


Mamlakat Superkubogi o‘yinlaridagi tashriflar soni:

O‘zbekiston Superkubogi-1999
 «Paxtakor» – «Navbahor» 2:4 (6000 tomoshabin).


O‘zbekiston Superkubogi-2014
«Lokomotiv» – «Bunyodkor» 1:2 (4751 tomoshabin).


O‘zbekiston Superkubogi-2015
«Paxtakor» – «Lokomotiv» 0:4 (7216 tomoshabin).


O‘zbekiston Superkubogi-2016.
«Nasaf» – «Paxtakor» 1:0 (4748 tomoshabin).  


O‘zbekiston Superkubogi-2019
"Lokomotiv" – AGMK 2:1 (18171 tomoshabin).

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:43, 23.02.2019.
O'qildi: 7351 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик