Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

A seriya. Edin Jeko so‘nggi soniyalarda «Roma»ga g‘alaba keltirdi

A seriya. Edin Jeko so‘nggi soniyalarda «Roma»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+1 | -

Italiya chempionatining 25-turi doirasida "Frozinone" o‘z maydonida "Roma"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar hisobda "quvlashmachoq" o‘ynashdi.

Bahs boshida Chiano mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yinning 30-daqiqasida Jeko muvozanatni tikladi, ammo oradan 1 daqiqa o‘tib Pellegrini "Frozinone"ni yana oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘lim so‘ngida esa "Roma" nafaqat hisobni tenglashtirdi, hattoki g‘alabani ham ilib ketdi. Dastlab Pinamonti, qo‘shib berilgan daqiqalarning to‘rtinchisida Edin Jeko rimliklarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Roma" o‘z ochkolarini 44taga yetkazdi. "Bo‘rilar" 4-pog‘onadagi "Milan"dan 1 ochko ortda qolmoqda.

Italiya A seriyasi, 25-tur
Frozinone – Roma 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Chiano, 1:1 – 30 Jeko, 1:2 – 31 Pellegrini, 2:2 – 80 Pinamonti, 2:3 – 90 Jeko.
Frozinone – Sportyello, Goldaniga, Salamon, Kapuano, Dzampano, Chibsa (Trotta, 76), Viviani, Kassata, Begetto (Molinaro, 60), Chiano, Chiofani (Pinamonti, 67).
Roma – Olsen, Santon, Manolas (Fasio, 77), Markano, Kolarov, de Rossi, Nzonzi (Dzanyolo, 65), Perotti, Pellegrini, El-SHaaraviy, Jeko.
Ogohlantirishlar: El-SHaaraviy (39), Jeko (42), Goldaniga (68), Kassata (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:08, 24.02.2019.
O'qildi: 2641 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик