Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

La liga. Penaltilar «Real»ga g‘alaba keltirdi

La liga. Penaltilar «Real»ga g‘alaba keltirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 25-turi doirasida «Real» safarda «Levante» mehmoni bo‘ldi.

Maydon egalari birinchi bo‘limning yarmiga qadar katta ustunlikka ega bo‘lishdi. Bahsning Roxer juda yaqin masofadan "Real" darvozasi ustunini nishonga oldi. Oradan 5 daqiqa o‘tib Rober Pyer 10 metrlardan zarba yo‘lladi. To‘p bu safar Kurtua qo‘riqlayotgan darvoza to‘sini ustidan o‘tib ketdi.

Birinchi bo‘lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Karvaxalning uzatmasidan keyin to‘p qo‘lini baland ko‘targan himoyachining qo‘liga tegdi. Referi bu vaziyatga ahamiyat bermadi va o‘yinni davom ettirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, VAR bo‘yicha mutaxassislarning ma’lumot yetkazishidan so‘ng penalti belgiladi. Benzema 1yo1 metrli jarima zarbasidan samarali foydalanib, hisobni ochdi.

Bo‘lim so‘ngida yana o‘sha Roxer yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketib, yana bir marta "Madrid" darvozasi ustunini poyladi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida kichik ustunlik madridliklar tomonida bo‘ldi, amo "Levante" hisobni tenglashtiruvchi gol muallifiga aylandi. Moralesning uzatmasidan keyin Roxer Nachoni ortda qoldirdi va qiyin vaziyatda bo‘lishiga qaramay "Real" darvozasini ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 71-daqiqasida Junior mezbon jamoa darvozaboni bilan yuzma-yuz holatga chiqib borib, imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa "Levante" darvozasi tomon yana bir marta penalti belgiladi. Hakam o‘zining qarori to‘g‘ri ekanini VAR yordamida tekshirib oldi. 11 metrli jarima zarbasini Beyl amalga oshirib, "Qirollik klubi"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi.

Qolgan daqiqalarda mezbonlar hujum tashkil qilishga harakat qilishdi, ammo Solari shogirdlari to‘pni yaxshi nazorat qilib, g‘alabani ushlab qolishdi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida Nacho maydondan chetlatildi va u "el-klasiko"da maydonga tushmaydigan bo‘ldi.

Ispaniya La ligasi, 25-tur
Levante – Real Madrid 1:2 (0:1)
Gollar: 0:1 – 43, penalti Benzema, 1:1 – 60 Marti, 1:2 – 78, penalti Beyl.
Levante – Fernandes, Kabako, Ruben Vezu, Rober, Luna, Bardi (Vukchevich, 89), Rochina (Dukure, 60), Morales, Kampanya, Saymon, Marti (Dvamena, 73).
Real Madrid – Kurtua, Regilon, Karvaxal, Varan, Nacho, Kazemiro, Kroos (Valverde, 69), Vaskes, Modrich, Vinisius Junior (Asensio, 83), Benzema (Beyl, 74).
Ogohlantirishlar: Marti (25), Nacho (28), Rochina (57), Vaskes (68), Pedro Lopes (82), Luna (84).
Chetlatish: Nacho (86), Rochina (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:40, 25.02.2019.
O'qildi: 10545 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.