Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Shahram G‘iyosov: «Ringda qiyin, biroq yodda qolarli jang bo‘ldi»

Shahram G‘iyosov: «Ringda qiyin, biroq yodda qolarli jang bo‘ldi»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bokschimiz Shahram G‘iyosov professional ringdagi yettinchi g‘alabasini tantana qildi. U meksikalik Edgar Puertoga qarshi jangda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etdi.

Shahram mazkur jangdan so‘ng Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot va media departamentiga qisqa intervyu berdi.

«Birinchi navbatda meni qo‘llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Biz fevral oyida jang bo‘lishini kutmagandik. Ammo, vaziyat shunday bo‘ldi. Meksikalik bokschi jangga chorladi, biz esa buni rad eta olmadik. Tayyorgarlik uchun kam vaqt – 25 kun bo‘ldi. Bundan tashqari, raqib yashaydigan mamlakatga safar qildik.

Jang haqida gapiradigan bo‘lsam, oson o‘tdi deya olmayman. Men raqibimdan bunday harakatlarni kutmagandim. Ringda qiyin, biroq yodda qolarli jang bo‘ldi. Yaxshigina tajriba to‘pladim. Shuni aytib o‘tishni istardimki, meksikalik bokschilar chidamli hisoblanadi. U besh raund chidab berdi. Qaysidir pallada nokaut bo‘lmasa kerak degan o‘y ham hayolimdan o‘tdi. Ammo, yakunda biz baribir murabbiy va menejerlarim bilan o‘ylagan rejamizga erishdik.

Yaqin kunlarda yana bir jangni kuting. 10 kundan so‘ng bu haqida e’lon qilamiz», – dedi Shahram G‘iyosov.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 11:21, 25.02.2019.
O'qildi: 4747 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.