Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Loko» legionerlarsiz ham kuchli! Andrey Fyodorov bilan (Intervyu)

«Loko» legionerlarsiz ham kuchli! Andrey Fyodorov bilan (Intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

«Super kubok» bahsi yakunlangach, matbuot anjumanining birinchi qismida Mirjalol Qosimov ishtirok etdi. Bu orada biz Andrey Fyodorovni biz uchun intervyu berishga ko‘ndirdik.

Avvalambor, g‘alabalar muborak bo‘lsin. Bugungi uchrashuvda «Loko»ning kamchiliklarini ko‘rdingizmi?

(Kuladi) Tabrik uchun rahmat. Savolga kelsak, albatta, biz bu xatolar ustida ishlashda davometamiz.

Marat Bikmayev ketgach, uning pozisiyasini kimga ishonib topshirasiz?

Bizda Abduxoliqov va Rayevats variantlari bor. O‘ylashimcha, ular bu mavsum o‘zlarini ko‘rsata olishadi.

OCHL da klub guruhdan chiqa olmayapti, buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

To‘g‘risi, aynan shu og‘riqli kamchilik ustida ishlayapmiz. Umid qilaman bu mavsum guruhdan chiqishni uddalaymiz.

Klub nima uchun saviyali legioner harid qilmadi?

Yo‘q nega endi, Rayevats borku?

U bizning chempionatda boshqa klub safida ham to‘p tepgan. Muxlislar uchun u legioner maqomida emas. Misol uchun janubiy amerikalik hujumchilar yoki yevropalik yarim himoyachilarni nega harid qilmadingiz?

(Kuladi) Men bunga hojat yo‘q deb o‘ylayman. Klub hozirgi tarkibi bilan ham kuchli.

Demak, siz uchun saviyali legionerlarsiz ham «Lokomativ» tarkibini kuchaytirish mumkin?

Albatta, bu tarkib  «Lokomativ» tarixida eng kuchlisi.

Bu mavsum klub oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifa nima?

Bu klub mendan oldin ham, mendan keyin ham hamma frontda g‘oliblik uchun kurashadi.

O‘zbekiston chempionatida qaysi futbolchining o‘yinlari sizga ko‘proq yoqadi?

Akmal Shorahmedovning o‘yinlarini yoqtiraman. Bugungi uchrashuvda ham raqiblarimiz safida engyaxshi o‘ynagan Akmal bo‘ldi.

Suhbat uchun rahmat, g‘alabalaringiz davomli bo‘lsin.

Sizlarga ham Omad

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:00, 25.02.2019.
O'qildi: 2972 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик