Shu yilning 24-26 fevral kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan tashkil etilgan Yosh hakamlar akademiyasida dastlabki o‘quv kurslari tashkil qilingani va unda hamyurtimiz Rustam Lutfullin qatnashgani haqida xabar berib o‘tgandik. 26 fevral - 2 mart kunlari mazkur akademiyada yana bir seminar o‘tkaziladi.
Ushbu seminarda yana bir hamyurtimiz Asqar Najafiliyev qatnashmoqda. OFKning Yosh hakamlar akademiyasini tashkil qilishdan asosiy maqsad kelgusida nafaqat Osiyoda, balki jahon birinchiliklarida ham ishlaydigan, muhim uchrashuvlarni boshqara oladigan malakali elit hakamlar guruhini tayyorlashga qaratilgan.
O‘quv kurslari davomida futbol qoidalariga kiritilgan va kiritilish kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berib borilmoqda. Shuningdek, futbolda ro‘y beradigan bahsli vaziyatlar aks etgan videokliplar namoyish qilinib, bunday vaziyatlarda qanday qaror chiqarish zarurligi o‘rgatilmoqda. Bundan tashqari, o‘quv kurslari ishtirokchilari o‘zlari ham maydonda amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, bu mashg‘ulotlar videotasvirga olinyapti. Keyin mazkur tasvirlar ishtirokchilarning o‘zlariga namoyish qilinib, xatolar tahlil qilinmoqda.
“Oltin to‘p” uchun da’vogarlarning yangilangan reytingi e’lon qilindi — The Athletic [4393]
Chempionlar Ligasining asosiy favoriti aniqlandi [3448]
Rafinyani o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor klublar nomi ma’lum bo‘ldi [2539]
FIFA qoidalarni o‘zgartirmoqda: Xulian Alvares kabi transferlar osonlashishi mumkin [2505]
«Real» Xabi Alonsoning transfer maqsadiga yana qaytdi [2441]
YECHLda hafta o‘yinchisi aniqlandi [2081]
22 yoshli qiz Turkiya klubi bosh murabbiyiga aylandi [2074]
Rasman: "Barselona" Hamza Abdelkarim bilan kelishuvga erishdi [1985]
Manchester derbisi oldidan Kerrik «Siti» futbolchisining gaplariga javob berdi [1534]
Rossiyaning to‘rt klubi 2027/28-yilgi mavsum Yevrokuboklarda ishtirok etishi mumkin [1519]













