Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

MOQda antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

MOQda antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 26 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (UzNADA) tashabbusi bilan antidoping masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tokiodagi XXXII Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan seminarda Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari, O‘zbekiston sport federasiya va assosiasiyalaridan tashrif buyurgan mutasaddilar va shifokorlar, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminarda Butunjahon antidoping agentligi (WADA) eksperti, Qozog‘iston Milliy antidoping markazi direktori Mayra Bakasheva taqdimot o‘tkazdi.

Seminar davomida sportchilar manfaatini himoya qilish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Sportchi, murabbiy, tibbiy va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari, sportda halollikni ta’minlash masalalari o‘rganildi. Har 5 yilda yangilanib turadigan Butunjahon antidoping kodeksi ko‘rib chiqildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollar bilan murojaat qilishdi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:38, 26.02.2019.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик