Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor - OKMK
17/07 20:00 Mash’al - Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor - Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Valverde: «Gol urish uchun hujumda tajovuzkor harakat qilamiz»

Valverde: «Gol urish uchun hujumda tajovuzkor harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogining yarim final bosqichi doirasida "Real"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bu yarim final, bu "klasiko". Biz finalga chiqishni istaymiz. Bu qiyin bo‘ladi, ammo o‘z oldimizga aniq maqsad qo‘yganmiz. Finalga chiqish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilish lozim.

Hal qiluvchi bosqichga chiqish uchun gol urishimiz kerak. Shu bois, hujumda tajovuzkor harakat qilamiz. Lekin himoyani ham unutmaymiz. Bitta gol o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin.

Artur kecha ozgina mashg‘ulotda ishtirok etdi. Biz uni ehtiyot qilishimiz kerak. Ammo uning o‘yinda ishtirok etishiga umid qilgandim.

VAR futbolga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Lekin ishonchim komil, ertangi o‘yin muhokama uchun ko‘p mavzular taqdim qiladi", – dedi Valverde.

Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Barselona" o‘yini bugun tunda Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:11, 27.02.2019.
O'qildi: 5069 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик