Fransiyaning “Marsel” klubi hujumchisi Mario Balotelli yana Italiya terma jamoasiga chaqirilishi mumkin. Bu haqda Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini fikr bildirdi.
“Biz Balotellining o‘yinlarini ko‘zatyapmiz. U “Marsel”dagi faoliyatini yaxshi boshladi. Shuning uchun u yana bizning diqqatimizda, xuddi boshqa futbolchilar singari”, -deydi Manchini La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.