Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

“Lokomotiv” PFK O‘FA matbuot xizmatidan tushuntirish so‘raydi

“Lokomotiv” PFK O‘FA matbuot xizmatidan tushuntirish so‘raydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rasmiy saytida (www.ufa.uz) “Samvel Babayan “Bunyodkor” kafilligi ostida O‘FA Ijroqo‘mi tomonidan afv etilgan” sarlavhali maqola chop etildi.

Bunda ma’lum muddat tanaffusdan so‘ng shu yilning 26 fevral sanasidan boshlab “Lokomotiv” professional futbol klubi Prezident maslahatchisi sifatida ish boshlagan Samvel Babayanning o‘zbek futbolidan chetlatilgani hamda keyinchalik O‘FA Ijroqo‘mi ishni ko‘rib chiqishi natijasida yana qaytarilgani haqida gap borgan.

Xabar bilan to‘liq quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin

www.ufa.uz/uz/2019/02/27/samvel-babayan-bunyodkor-kafilligi-ostida-ofa-ijroqomi-tomonidan-afv-etilgan

“Lokomotiv” PFKning e’tiroziga sabab bo‘lgan jumla esa xabar oxirida keltirilgan. Unda shunday deyiladi: “O‘FA bundan buyon Samvel Babayan O‘zbekistonning hech qaysi terma jamoasida faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘ymaydi. Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi”.

Bundan buyon Samvel Babayanning hech qaysi terma jamoada ishlashiga yo‘l qo‘ymasligi bu O‘FAning masalasi, bunga klub aralasha olmaydi. Lekin nima sababdan xabar “Qo‘shimchasiga, keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga ham qarshilik ko‘rsatmaydi” degan gap bilan tugagan, “Lokomotiv” PFK shunisiga hayron.

Oxirgi gapda “Keyingi faoliyatini Samvel Babayansiz tasavvur qila olmagan “Lokomotiv” futbol klubining qaroriga…” degan joyini qanday tushunish kerak? Bu “Lokomotiv” Babayansiz o‘z faoliyatini tasavvur qila olmaydi degan ma’noni beryaptimi? Ma’lumki, “Lokomotiv” futbol klubi shu paytgacha uch marta O‘zbekiston milliy chempionati, uch marta O‘zbekiston Kubogi hamda ikki bor O‘zbekiston Superkubogida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan va bularning birortasida Samvel Babayanning qo‘li bo‘lmagan.

Bundan ko‘rinib turibdiki, klub shu paytgacha Samvel Babayansiz ham o‘z maqsadi yo‘lida davom etgan va bugungi kunga kelib “Lokomotiv” PFK rahbariyati taklifiga binoan o‘zbek futbolidagi yetuk mutaxassislardan biri Samvel Vyacheslavovich klub rivojiga yanada hissa qo‘shsin degan yaxshi niyatlar bilan klub Prezidenti maslahatchisi lavozimiga qabul qilindi.

Gapning ochig‘i, xabar bilan tanishib chiqqan “Lokomotiv” PFK rahbariyatiga oxirgi jumla yoqmadi. “Lokomotiv” yaqqol bir kishining shaxsiy klubi emas. Bu “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga tegishli tashkilot hisoblanadi hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ homiyligi ostida turli musobaqalarda ishtirok etadi. Qolaversa “Lokomotiv” qaysidir shaxssiz tasavvur qilib bo‘lmaydigan klub ham emas. O‘tgan yillar ichida qancha odam ishlab ketdi, lekin poyezd mudom o‘z temiryo‘li ustida yurgani kabi “Lokomotiv” ham o‘zi tanlab olgan yo‘l bo‘yicha odimlashda davom etmoqda.

O‘FA rasmiy saytida keltirilgan xabardan kelib chiqqan holda “Lokomotiv” PFK rahbariyati O‘FA matbuot xizmatidan oxirgi jumla uchun tushuntirish berishni so‘raydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga ko‘ra har bir inson kasbiy faoliyat yuritish huquqiga ega ekanligini eslatib o‘tadi.

“Lokomotiv” PFK matbuot xizmati.

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 17:37, 27.02.2019.
O'qildi: 5977 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.