Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/01 00:45 Lasio 0-3 Komo
20/01 01:00 Elche 2-2 Sevilya
20/01 01:00 Brayton 1-1 Bornmut
20/01 20:30 Qayrat 1-4 Bryugge
20/01 22:45 Bude-Glimt 3-1 Manchester Siti
21/01 00:52 Kopengagen - Napoli
21/01 01:00 Vilyarreal - Ayaks
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ - Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy - Atletiko
22/01 01:00 Bavariya - Yunion
22/01 01:00 Marsel - Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl - PSV
22/01 01:00 Slaviya - Barselona
22/01 01:00 Chelsi - Pafos
22/01 01:00 Yuventus - Benfika
22/01 01:00 Atalanta - Atletik Bilbao

Ter Stegen haqida 5 ta qiziq ma’lumot

Ter Stegen haqida 5 ta qiziq ma’lumot

Baho:
+1 | -

Zamonaviy futbolda yaxshi darvozabon tobora kamayib bormoqda. Bugun ana shunday darvozabonlardan biri haqida so‘z boradi.

 18 yoshida o‘z klubini «Bundesliga»da saqlab qolgan.

2010-2011-yilgi mavsumda Lyusiyen Favr «Bundesliga»dan chiqib ketish arafasida turgan klubga bosh murabbiy bo‘lgach, "Borussiya Myunhengladbax"ning yoshlar tarkibidagi Ter Stegenni (Yoki Shtegen) asosiy tarkib darvozaboni qilib qo‘yadi. Ilk uchrashuvda atigi bir bor to‘p o‘tkazgan Stegen, ketma-ket 5 ta uchrashuvda darvozasining dahlsizligini ta’minlaydi va klubni «Bundesliga»da olib qoladi.

Terma jamoadagi omadsiz start

Avvaliga, 2012-yildagi Yevropa chempionatiga ketishi kutilayotgan qahramonimiz o‘zining ilk uchrashuvida Shvetsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi va naqd 5 ta gol o‘tkazib yuboradi. Bu ham yetmaganidek, AQSH bilan o‘rtoqlik uchrashuvida to‘pni to‘xtatishda qo‘pol xato qiladi va avtogol muallifiga aylanadi. Uning bunday xurmacha qiliqlari o‘zi shundoq ham katta savol ostida turgan asosiy darvozabonlik o‘rnini to‘liq boy berishiga olib keladi.

"Barselona"ning yangi asrdagi eng omadli haridi.

2014-yilda kataloniyaliklar atigi 12 million yevro evaziga Ter Stegen bilan besh yillik shartnoma imzolashadi. Hozirda Kepa, Ederson singari o‘rtamiyona darvozabonlarning narxi bilan solishtirganda «Barselona» ajoyib xaridni amalga oshirgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Hozirda qahramonimizning transfermarketdagi narxi 100 milliondan ham oshib ketgan. «Barselona» bir o‘q bilan ikki quyonni urganiga shu faktning o‘zi isbot bo‘la oladi.

Yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘p narsaga ulgurgan.

Yosh bo‘lsada katta tajriba va ko‘plab sovrinlar egasi sanaladi. Uning hisobida ECHL, Ispaniya kubogi, Super kubok, 3 bor «La Liga» g‘olibligi…  qahramonimiz futbol olamiga erta kirib keldi va muhim tajribani tengdoshlariga qaraganda tezroq orttirdi va haqli ravishda «Barselona»ning birinchi raqamli darvozaboniga aylandi. Uning so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan o‘yinlari shunchaki fantastika.

Uning kumiri.

U intervyularidan birida - «Men yoshligimdan beri Buffoning muxlisliman. U mening idealim. Doim unga o‘xshashga harakat qilganman. Uning maydonda aql bilan harakatlanishi, ortiqcha reaksiyalarsiz ham to‘g‘ri joy tanlash evaziga vaziyatlarni o‘z foydasiga hal qilishi meni doim hayratda qoldirgan», - degan edi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:27, 27.02.2019.
O'qildi: 7100 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.