Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«El-klasiko» oldidan: Dembele vs Junior

«El-klasiko» oldidan: Dembele vs Junior

Baho:
+ | -1

«Barselona» va «Real» klublari o‘zgarishlar ostonasida turibdi. "Qirollik klubi"da Krishtianu Ronaldu davri yakuniga yetgan bo‘lsa, vaqti kelib Lionel Messi ham «ko‘k-anorranglilar» safida faoliyatini yakunlaydi.

Tabiiyki, bu ikki buyuk futbolchi o‘rnini boshqa o‘yinchilar egallashadi. Hozirgi kunda Usmon Dembele va Vinisius Junior mazkur jamoalarning bo‘lajak yulduzlari sifatida e’tirof etilmoqda.

Usmon va Vinisius uchun o‘z jamoalaridagi debyut mavsum oson kechmadi. Fransiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda jarohat tufayli mavsumning katta qismini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, ikkinchi mavsumda intizomsizlik Dembelega qimmatga tushishiga oz qoldi. Braziliyalik futbolchi esa «Kastilya» safida o‘ynab, asosiy jamoada imkon berilishi kutdi.

Ikkala hujumchining o‘yin uslubi o‘xshash: ular raqib futbolchilarini aldashga harakat qiladi. Ular tezkor hamda o‘yin sur’atini o‘zgartira oladi. Klublarda Buskets va Modrich maydon markazini nazorat qilishsa, Dembele va Vinisius hech narsani kutib o‘tirmasdan raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishadi.

Dembele ushbu mavsumda kichik sensasiyani yuzaga keltirmoqda. U raqobatda Koutinyoni yengib o‘tib, asosiy tarkibda Messi va Suares bilan birga hujum uchligini yuzaga keltirmoqda. Usmon ushbu mavsumda 13ta gol urdi va 6ta golga uzatma berdi.

"Madrid"ga Solari kelganidan keyin Vinisius jamoaning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylandi. To‘g‘ri, uning hisobidagi gollar soni hozircha ko‘p emas (La ligada 2ta, Ispaniya kubogida 2ta), ammo braziliyalik futbolchi 8ta golga uzatma bergani e’tiborga molik.



Dembele yaqin kunlarda 21 yoshga to‘lsa, Junior hozir 18 yoshda. Ularning iqtidoriga hech kim shubha qilmayapti. Ular yaqin kelajakda o‘z klublarining yulduziga aylanishadi. Ammo Junior va Dembele bugunoq o‘zlarini yana bir marta ko‘rsatish imkoniyatiga ega. "El-klasiko" bizni kutib turibdi. Toshkent vaqti bilan — 01:00.

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 22:28, 27.02.2019.
O'qildi: 6207 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.