Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Bo‘zda «Bo‘ston» nomli futbol jamoasi tashkil etildi

Bo‘zda «Bo‘ston» nomli futbol jamoasi tashkil etildi

Baho:
+ | -

Bo‘z tuman hokimi I.Mamadaliyev tashabbusi bilan jismoniy tarbiya va sport bo‘limi hamda bolalar va o‘smirlar sport maktabi hamkorligida tumanda “BO‘STON” nomli futbol jamoasi tashkil etildi.

Futbol jamoasiga kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar birikkan bo‘lib muntazam sport mashg‘ulotlarini o‘tkazmoqdalar. Mashg‘ulotlarni malakali murabbiylardan SH.Ohunov,  D.Anvarov, darvozabonlar bo‘yicha murabbiy SH.Komilov olib bormoqda.

Shu kunlarda Andijon viloyati “Xokimi kubogi” turnirida “D” guruxidan o‘rin olgan jamoa Andijon shahri jamoasidan so‘ng 8 ochko bilan 2 o‘rinda bormoqda. Jamoada Otabek Zokirov, Begzod Yusupov, Jahongir Sotvoldiyev, Farruhbek Oltmishboyev yetakchi futbolchilarga aylanganlar.

Albatta, uzoq yillar agrar soha ustuvor bo‘lgan Bo‘z tumanida qator sohalar jadal rivojlanmoqda. Keyingi yillarda tumanda barcha sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportda ham ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanyapti.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:44, 28.02.2019.
O'qildi: 2820 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик