Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Bahrom Norsafarov: "Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar biz uchun juda foydali"

Bahrom Norsafarov: "Ruminiya kabi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar biz uchun juda foydali"

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi «Turkish Women's Cup 2019» xalqaro musobaqasida Ruminiyaga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. O‘yindan keyin terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun terma jamoamiz futbolchilari juda yaxshi harakat qilishdi. Avvalgi o‘yinda Hindistonni mag‘lubiyatga uchratgandik. Afsuski, bugun mag‘lub bo‘ldik. 37-daqiqada raqib imkoniyatndan unumli foydalanib, gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shogirdlarimning bugungi harakatidan qoniqish hosil qildim. Yana bir narsani ta’kidlab o‘tish kerak. Bugungi o‘yinda hakamlik juda yomon bo‘ldi. Youtube saytida mazkur o‘yin videosi bor. Istaganlar kirib ko‘rishlari mumkin. Agar hakamlar adolatli bo‘lishganda, bugungi natija umuman boshqacha ham bo‘lishi mumkin edi. Ammo biz natija uchun o‘ynamadik. Asosiy maqsadimiz shunday o‘yinlarda asosiy tarkibni shakllantirib olishdan iborat. Ruminiyaga qarshi kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlar biz uchun juda foydali. 

Oldimizda Olimpiada saralashi bahslari kutib turibdi. «Turkish Women's Cup 2019» xalqaro musobaqasi orqali bo‘lajak saralash o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. O‘z o‘rnida, bizga mana shunday musobaqalarda qatnashib, munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarlicha shart-sharoit yaratib berayotgan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib o‘tmoqchiman. Xudo xohlasa, Olimpiada saralashida yaxshi qatnashib, Tokio-2020 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz", - dedi Bahrom Norsafarov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 22:12, 01.03.2019.
O'qildi: 2903 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик