Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko 1-1 Arsenal
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka

«Bavariya» Bundesligadagi gollari sonini 4000taga yetkazib oldi

«Bavariya» Bundesligadagi gollari sonini 4000taga yetkazib oldi

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi Germaniya chempionatining 24-turida Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini yirik hisobda taslim etdi — 5:1.

«Bavariya» tarkibida gollarga Tomas Myuller, Serj Gnabri, Xavi Martines va Robert Levandovski (dubl) mualliflik qilishdi, maydon egalari safida Lars Shtindl bitta javob goli urdi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, Germaniyaning amaldagi chempionlari Bundesligadagi gollari sonini 4000taga yetkazgan va bu Bundesliga rekordi hisoblanadi.

Myunxenliklar Germaniya chempionatidagi g‘alabali seriyasini davom ettirib (ketma-ket 4 g‘alaba), ochkolari sonini 54taga yetkazdi va turnir jadvalida Dortmundning «Borussiya» klubi bilan tenglashib oldi va faqat qo‘shimcha ko‘rsatkichlar tufayli ikkinchi o‘rinda joylashgan. 

«Bavariya» 24 o‘yinda 56 gol urib, 27 gol o‘tkazib yuborgan, dortmundliklarda esa to‘plar nisbati - 58-27.

Kiritildi: 10:34, 03.03.2019.
O'qildi: 2071 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик