Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Osiyo o‘yinlarida endi Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi

Osiyo o‘yinlarida endi Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, Tailandning Bangkok shahrida Osiyo Olimpiya Kengashining 38-Bosh Assambleyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Ushbu tadbir davomida mutasaddilar qator masalalarni ko‘rib chiqishmoqda.

Jumladan, 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida Okeaniya mamlakatlari ham ishtirok etadigan bo‘ldi. Bosh Assambleya ishtirokchilari Okeaniya mamlakatlarini ham qit’amiz sport bayrog‘i ostida birlashtirish uchun ushbu qarorni ma’qullashdi.

Bunday jarayon 2017 yili Turkmaniston poytaxtida o‘tkazilgan yopiq inshootlardagi va jangovor sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida sinovdan o‘tkazilgan. O‘sha musobaqada Okeaniya mamlakatlaridan Fiji 1 tadan oltin va kumush medallarini jamg‘arib, ushbu mintaqa vakillari orasida yetakchi bo‘lgandi.

Okeaniya va Osiyo ko‘plab jihatlarda bir-biriga juda yaqin. Ana endi sport bo‘yicha birlashmoqdamiz. Bu yangilikni e’lon qilishdan boshimiz ko‘kka yetdi”, – deydi Okeaniya Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Robin Mitchel.

Shu tariqa 2022 yili Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Osiyo o‘yinlarida qit’adoshlarimiz qatorida Okeaniya mamlakatlaridan tashrif buyuradigan atletlar ham medallar uchun bahs olib borishadi. Biroq Okeaniya mamlakatlari qaysi sport turlarida va qancha sportchi bilan ishtirok etishi borasida yakuniy qaror qabul qilinmadi. Shuningdek, anjuman davomida boks va akademik eshkak eshish sport turlari bo‘yicha Olimpiya yo‘llanmalarini beradigan musobaqalarni ikki mintaqa sportchilari uchun birga o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 12:12, 03.03.2019.
O'qildi: 2399 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.