Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbek futbolining asl "egalari" Koreyada kema yasamoqda!

O‘zbek futbolining asl "egalari" Koreyada kema yasamoqda!

Baho:
+1 | -1

Mening yoshligim to‘liq futbol bilan o‘tgan desam maqtanchoqlikka yo‘ymang! Chamasi 9  yoshimdan boshlab futbol bilan ozmi-ko‘pmi  shug‘illandim. Biz bu sportga do‘stim – sinfdoshim  Yashnar  bilan birga qadam qo‘yganmiz. To‘g‘ri, professional futbolda o‘ynash bizga ayrim o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra nasib etmadi, ammo endi afsuslanishdan foyda yo‘q.

Do‘stim Qarshi shahridan edi, oilasi biroz moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan ahil yashar, birovga noliganini sira eslay olmayman.
Dadasining vafotidan so‘ng ro‘zg‘or tashvishlari bo‘yniga tushgach, singlisini uzatish uchun  Yashnar Koreya davlatiga ishga ketdi. Men esa uni qo‘msardim, doimo internet orqali aloqada bo‘lib turishga intilardim.

Ketganiga chamasi 2 yil bo‘lgan paytlari edi. Ijtimoiy tarmoq orqali gaplashib qoldik. Do‘stim hayajonga berilib qiziq bir voqeani aytib berdi.  U ishlayotgan kema ishlab chiqaruvchi korhona rahbarlari futbol bo‘yicha turnir e’lon qilishibdi.
Yashnar bilan birga ishlaydigan  qora ko‘z o‘zbeklar o‘zlari jamoa tuzib turnirda ishtirok etishibdi. 2 hafta davom etgan musobaqada hamyurtlarimiz raqiblariga hech qanday imkon qoldirishmapti.

Do‘stim hikoyasi yakunlangach, mahzun ovozda g‘alabadan so‘ng bir koreys aytgan so‘zlarini aytib berdi : «Sizlarda iqtidorli yigitlar shu qadar ko‘p ekan, nega futbolingiz rivojlanmayapti?»
To‘g‘risi, nima deyishni bilmay qoldim. U kulib gapini davom ettirdi: «Demak sizlarda bolalar futboli va kattalar futboli o‘rtasida sezilarli uzilish bor, aks xolda bu qadar iqtidorli va mehnatkash yigitlar bilan allaqachon Osiyoda 1-raqamli jamoaga aylanishingiz kerak edi»,- deya mendan nari ketdi. Ushbu suhbatdan so‘ng g‘oliblik ham tatimay qoldi… Do‘stim bilan suhbatdan so‘ng uning kayfiyati menga yuqdi, shekilli, yoki futbolimizga chetdan turib nazar tashlagan insonning fikrlari o‘ylantirib qo‘ydimi? Bilmadim.

O‘ylab qaralsa, futbolimizdagi og‘riqli nuqtalardan biriga aylanayotgan yosh iqtidorlarning professional darajaga chiqa olmayotgani futbolimizdagi asosiy muammodir. Balki UFA  «Super liga»dan   ko‘ra chekka-chekka viloyatlarda yosh iqtidorlarni izlashni  kuchaytirishni yo‘lga qo‘yishi kerakdir? Balki, rivojlanish uchun yangi yo‘l izlash kerakdir?  Futbolimiz rivoji uchun qilinayotgan harakatlarning strategiyasini o‘zgartirish haqida o‘ylab ko‘rsak, bu zarardan holi bo‘lmas edi.

Qirg‘iziston,  Viyetnam, Qatar singari termalar so‘nggi  yillarda futbol rivoji uchun yangicha yondashuvdan borishayotgani uchun katta arenalarda ishonchli ko‘rinishmoqda.
Bugun Yashnar kabi ko‘plab tug‘ma iqtidorlar yurtimiz futbolidagi tanish-bilishlik, korrupsiya singari zararli illatlar sabab futbol olamiga kira olmay, o‘z nonini musofirlikda terib yurishga majbur bo‘lmoqda. Ertaga shu ish boshqa bir ulardanda iqtidorli futbolchining boshiga tushmaydi deb kim kafolat bera oladi? Futbolimiz rivoji uchun, balki, Qatar singari alohida reja tuzishimiz kerakdir, balki, Qirg‘iziston singari xatto klubiga ega bo‘lmagan futbolchilarni terma jamoaga chaqirish kerakdir? Bilmadim,bilmadim nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi.

«Nasaf» klubining akademiyasini olaylik. Klub seleksiya ishlariga so‘nggi yillarda urg‘uni kuchaytirdi va natijalar o‘zini uzoq kuttirmadi. Klub har mavsum o‘zbek futboli uchun yangidan-yangi nomlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan edi, ammo…
Achinarlisi, bu klub akademiyasi ham moliyaviy muammolarga o‘ralashib qoldi. O‘ylashimcha, futbolimiz yangicha yondashuvga juda muhtoj.

Oldinda uzoq va ancha qiyin bo‘lgan JCH saralash uchrashuvlari bizni kutib turibdi. Agar Mundialga borishni xohlasak, futbolimiz rivoji uchun yangicha uslubda yondashish to‘g‘risida do‘ppini qolga olib o‘ylab ko‘rish kerak!

Men o‘zbek futbolining ayrim og‘riqli nuqtalari qurboni bo‘lganim, yoki do‘stimning mendan uzoqda ekanligidan nolimoqchi emasman. Shunchaki, o‘zbek futbolining o‘sishi va avvalgi darajasidanda yuqoriroqqa ko‘tarilishini judayam xohlayman, xolos!

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 12:17, 04.03.2019.
O'qildi: 19970 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.