Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rayevas: «Men qo‘qonliklar oldida qarzdorman» (intervyu)

Rayevas: «Men qo‘qonliklar oldida qarzdorman» (intervyu)

Baho:
+ | -

Saytimizning bugungi mehmoni — «Lokomotiv» klubi uyinchisi Filipp Rayevas. Osiyo chempionlar ligasi doirasida "Al-Vahda"ga qarshi o‘yindan so‘ng serbiyalik futbolchidan intervyu oldik.

— G‘alabalar muborak bo‘lsin!

— Rahmat, o‘zingizga ham.

— Uchrashuv haqida nima deya olasiz?

— Birinchi bo‘limda birin-ketin vaziyatlarni yo‘qqa chiqardik, oqibatda raqib o‘ziga kelib oldi va qattiq qarshilik ko‘rsatdi.

— Ikkinchi bo‘limda «Lokomotiv»  jarima maydonchasida bahsli holat yuzaga keldi. To‘g‘risini aytganda, penalti yo‘q edimi?

- (kuladi) To‘g‘risi aytsam, 50/50 vaziyat edi. Bu — futbol. Ba’zida 100 foizlik penaltilar berilmasa, ba’zida kontakt bo‘lmagan bo‘lsa ham beriladi. Qo‘ying, hakamlarning ishiga aralashmay qo‘ya qolay

— «Loko»da yangisiz. Klubning ichki muhiti qanday?

— Ajoyib! Bu yerda hamma ahil va inoq ekan. Meni yaxshi kutib olishdi. O‘ylaganimdanda tez kirishib ketdim.

— Mana Qosimov va Fyodorov qo‘l ostida harakat qildingiz. Bu ikki murabbiyning uslublario‘xshashmi?

— Yo‘q. Ularning uslublari tamomila ikki xil. Qosimov maydon markazidan hujumga o‘tishni va hujumchilarning markazga yaqin o‘ynashini talab qiladi. Fyodorov esa hujumning qanotlardan uyushtirilishini va orqaroqdan hujumga chiqishni talab qiladi.

— Superkubokda ham, bu uchrashuvda ham zaxiradan maydonga tushdingiz. Shu ketishda zaxira o‘yinchisi bo‘lib qolishdan qo‘rqmaysizmi?

— (kuladi) To‘g‘risi, bu yerga ikkinchi bo‘lishga kelmaganman. Albatta, asosiy tarkib o‘yinchisi bo‘lish uchun harakat qilaman.

— Yurtimizda mana 3 yildan beri faoliyat olib boryapsiz. Sizningcha, O‘zbekistondagi eng kuchli futbolchi kim?

— (o‘ylanib) Marat Bikmayevni hurmat qilaman, ammo menimcha Siddiqov eng kuchli va iqtidorlisi bo‘lsa kerak. Men unga o‘xshash o‘yinni o‘qiy oladigan futbolchini avval ko‘rmaganman.

— Yangi klubingizda kimning o‘yinlari sizni hayron qoldirdi?

— Rostini aytaman, Jamani (Jamshid Iskanderov) «Paxtakor» safidagi o‘yinlari orqali yaxshi tanirdim, lekin uning bu bu qadar texnikasi zo‘r ekanligini mashg‘ulotlarda ko‘rdim. O‘ylashimcha, «Paxtakor» unga imkoniyat bermagani uchun o‘zini ko‘rsata olmagan. Bizning jamoada Jamaning o‘yinlari ochilib borishiga ishonaman.

— «Qo‘qon 1912» klubi sharafini himoya qilgansiz. Bilamiz, u yerda Superliga o‘yinlari chog‘ida muxlislar ajoyib atmosferani hosil qilishadi. Toshkent klublarida fan-klub a’zolarini hisobga olmasa, deyarli stadionlar o‘yin chog‘ida bo‘sh bo‘ladi. Shu omil futbolchilarga qanday ta’sir qiladi?

— Gapingiz to‘g‘ri. Men qo‘qonlik muxlislarga o‘xshab jamoasini oldinga boshlaydigan fanatlarni boshqa ko‘rmadim. U shahar va klub mening yuragimda abadiy qoladi. U yerda Nyoma aka (No‘’mon Hasanov) mening o‘sishim uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Meni qo‘qonliklar oldida qarzdorman. Ular menga ishonch, mehr, e’tibor, umumiy qilib aytganda, hamma narsa berishdi. Klubdan ketganimda mendan xafa bo‘lganlar ham bo‘ldi. O‘ylashimcha, poytaxt klublaridan qo‘ng‘iroq bo‘lsa, nafaqat, men balki hamma futbolchilar yo‘q deya olmasalar kerak.

— Samimiy suhbat uchun rahmat. Muxlislarga aytadigan so‘zlaringiz bo‘lsa, marhamat!

— Hamma muxlislarimizga mening salomimni yetkazing! Bizlarga doim ishonishda davom etishsin.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev suhbatlashdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:04, 04.03.2019.
O'qildi: 3962 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.