Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

O‘zbekistonlik snoubordchi qiz Butunjahon qishki universiadasi final qismida ishtirok etdi

O‘zbekistonlik snoubordchi qiz Butunjahon qishki universiadasi final qismida ishtirok etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon qishki universiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ham o‘z ishtirokini boshladi.

Bugun, 5 mart kuni “Sopka” deb nomlangan sport majmuasida snoubordning parallel slalom-gigant yo‘nalishida bahslar o‘tkazildi. Musobaqa qaydnomasida 18 davlatdan kelgan 26 erkak, 19 ayol sportchi ro‘yxatdan o‘tgan edi.

Ushbu guruhda mamlakatimiz sharafini Yekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qilishdi.

Garchi, Jasur mazkur yo‘nalishdagi ishtirokini kvalifikasiya bosqichidayoq yakunlagan bo‘lsa-da, Yekaterina saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, ikkinchi bosqichda ham o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. Medallar uchun kurash qizg‘in kechgan final bosqichida sportchimiz rossiyalik Natalya Sobolevaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakunda aynan Natalya musobaqaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ertaga snoubordchilarimiz parallel slalom yo‘nalishida o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Manba: minsport
Kiritildi: 09:38, 06.03.2019.
O'qildi: 1705 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.