Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao
24/01 00:45 Inter - Piza
24/01 01:00 Levante - Elche
24/01 17:30 Vest Xem - Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano - Osasuna
24/01 19:00 Komo - Torino
24/01 20:00 Byornli - Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem - Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti - Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya - Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina - Kalyari
24/01 22:30 Sevilya - Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut - Liverpul

Diyor Imomxo‘jayev: «Babayanga qo‘yilgan ayblar o‘z tasdig‘ini topmagan»

Diyor Imomxo‘jayev: «Babayanga qo‘yilgan ayblar o‘z tasdig‘ini topmagan»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “O‘zbek futbolini rivojlantirishning bugungi holati: yutuq va muammolar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Agentlikning “Telegramm”dagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Professional futbol ligasi bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayevning aytishicha, bolalar futbolidagi eng katta muammo — yoshni kichraytirish bilan bog‘liq: “Biz bunga qarshi huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda kurash olib borishni rejalashtiryapmiz. Bolalar futbolini rivojlantirish uchun Ispaniya va Serbiyadan mutaxassislar keldi. Biz yana boshqa futbol maktablari tajribasini ham o‘rgandik. Hozir Yevropada Germaniya, Osiyoda Yaponiya maktabi eng samarali konsepsiyaga ega, deya baholash mumkin”, deya aytib o‘tgan u.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bugungi kunda murabbiy shogirdining yoshini kichraytirib, biror musobaqada g‘olib chiqishdan manfaatdor. Futbolchining professional futbolda qay darajada o‘ynab ketishi esa ikkinchi darajali masalaga aylanib qolgan. Agar FIFA tizimi yo‘lga qo‘yilsa, murabbiy shogirdini yoshini kichraytirishdan emas, balki uni professional futbolchi qilib tarbiyalashdan ko‘proq manfaatdor bo‘ladi.

Tadbirda “Lokomotiv” klubiga maslahatchi sifatida ishga olingan Samvel Babayan haqidagi savolga ham javob qaytarildi.

— Samvel Babayan futboldan chetlatilgan vaqtda uning faoliyati haqida 10 mingdan ortiq shikoyat arizalari tushgan va unga ko‘plab ayblar qo‘yilgan edi, — dedi PFL direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jayev. — Ammo o‘sha ayblar o‘z tasdig‘ini topmadi. Agar kimdir uning aybi borasida aniq fakt bilan kelsa, unga qarshi hozir ham ish ochilaveradi.

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan matbuot anjumani mart oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tishi aytildi. Terma jamoamizning 18 — 25 mart kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan “China Cup” musobaqasidagi ishtirokidan avval tashkil etiladigan anjumanda tarkiblar ham e’lon qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, futbol klublariga berilayotgan byudjet mablag‘lari O‘FA va PFL tomonidan maqsadli sarflanishi yuzasidan nazoratga olinadi, moliyaviy “fair play” joriy etiladi. Futbolchilarni sotish, chiptalar, homiylar va boshqa mablag‘larni qanday tasarruf etish klublarning o‘zlariga havola qilinadi. Maqsad — klublarda o‘zlariga zarur pullarni o‘zlari ishlab topish ko‘nikmasini shakllantirish.

O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi Futbolni rivojlantirish departamenti direktori O‘ngar Jalimov bolalar futbolida tarbiyalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarning onlayn bazasini yaratish istiqboli haqida fikr bildirarkan, mazkur yo‘nalishdagi amaliy malakalarni qo‘shni davlatlar — Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘rganishga chaqirdi.

— Tojikistonda va Qirg‘izistonda yosh futbolchilarning onlayn bazasi bor, — dedi O‘ngar Jalimov. — Biz bu tizimni o‘zimizga olib kelishimiz kerak. Hozir biz bolalarning “pasporti” bilan ish yuritamiz. Bu juda og‘ir. Biz odatda tajriba o‘rganish uchun uzoqdagi mamlakatlarni tanlaymiz. Ammo hozir yon qo‘shnilarimizdan o‘rganadigan narsalar ham bor. Qo‘shni davlatlar federasiyalari bilan hamkorlik borasida memorandum imzolaganmiz. Kelgusida mutaxassislarimizni Qirg‘iziston va Tojikistonga yuboramiz.

Jurnalistlarning Superliga 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvining nega qoldirilgani haqidagi savoliga Diyor Imomxo‘jayev har ikki jamoaning iltimosiga ko‘ra shunday qarorga kelinganini bildirdi.

Manba: XS
Kiritildi: 21:49, 06.03.2019.
O'qildi: 4650 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.