Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi

Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning o‘ta og‘ir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) 15 marta kuni AQSHda o‘zining beshinchi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik.

Bokschining GoSport.uz internet-nashriga ma’lum qilishicha, Jalolov shu kuni kolumbiyalik Santander Silgadoga (28-6, 22 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Silgado o‘z vaqtida birinchi og‘ir (-90,7 kg) vazn toifasi reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan va 2012 yilda o‘sha vaqtlarda chempion bo‘lgan rossiyalik Denis Lebedevga qarshi WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqqan, ammo imkoniyatni boy bergandi. Bundan tashqari Silgado bir necha marotaba ikkinchi darajali kamarlar uchun janglarda ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 17:16, 07.03.2019.
O'qildi: 3124 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.