Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/11 17:00 Xitoy - Yaponiya
19/11 17:00 Indoneziya - Saudiya Arabistoni
19/11 17:00 KXDR - O‘zbekiston
19/11 19:00 Falastin - Janubiy Koreya
19/11 19:00 Qirg‘iziston - Eron
19/11 21:00 Ummon - Iroq
19/11 21:00 BAA - Qatar
19/11 23:15 Bahrayn - Avstraliya
19/11 23:15 Kuvayt - Iordaniya

Umid Ahmadjonov: «Tan olish kerak, triatlon bo‘yicha maqtangudek natijalar yo‘q edi»

Umid Ahmadjonov: «Tan olish kerak, triatlon bo‘yicha maqtangudek natijalar yo‘q edi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 7 mart kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston triatlon federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘zbekiston triatlon federasiyasi rahbariyati va mutasaddilari, hakamlar, sportchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.

Dastlab O‘zbekiston triatlon federasiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” amaliy sport turlari markazi direktori Shavkat Ismatullayev hisobot berdi.

So‘ng kun tartibidan o‘rin olgan eng asosiy masala federasiya raisi va unga birinchi o‘rinbosar saylash jarayoniga o‘tildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi lavozimga Otabek Muhammadaliyevich Umarov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashlarini ma’lum qildilar.

Shu tariqa, O.Umarov O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi lavozimiga saylandi. Qolaversa, O.Umarovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga sobiq sportchi, triatlon bo‘yicha ko‘plab xalqaro musobaqalar ishtirokchisi, hozirda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan Farrux Nosirov nomzodi ilgari surilib, bu inson ham bir ovozdan yangi lavozimga saylandi.

“Menga mana shunday imkoniyat berilganidan mamnunman. O‘zbekistonda triatlon sportini rivojlantirishga, uning ommaviyligini ta’minlashga bor kuch-g‘ayratimni ishga solaman. O‘zbekistonda iste’dodli sportchilar ko‘p. O‘ylaymanki, ularni saralab olib, jahon arenalarida munosib ishtirok etishlari va sovrindorlar qatoridan joy olishlarida tajribam as qotadi. Biz kelajakda Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olibgina qolmasdan, sovrindorlar qatoridan joy oladigan atletlar tarbiyalashga va’da beramiz”, deydi Farrux Nosirov.

Yig‘ilish davomida MOQ rahbari Umid Ahmadjonov ham triatlon sportining faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.

“Tan olish kerak, oxirgi paytlar triatlon bo‘yicha maqtangudek natijalar yo‘q. Shu bois Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan ushbu sport turini yanada rivojlantirib, sportchilarning shug‘ullanishlari uchun zamonaviy moddiy-texnik bazani yaratib beramiz. O‘ylaymanki, ushbu sport turi bo‘yicha kelajakda jahon arenalarida munosib ishtirok etadigan atletlar yetishib chiqadi”, dedi Umid Ahmadjonov.

Shuningdek, konferensiya davomida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov, triatlon bo‘yicha Osiyo kubogi kumush medali sohibi Shohruh Yunusov so‘zga chiqib o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. Shu tariqa, O‘zbekiston triatlon federasiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Kiritildi: 17:34, 07.03.2019.
O'qildi: 2594 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.