Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

«Bunyodkor» prezidenti: «Vazifangiz – futbol o‘ynash, moliyaviy masalalarni biz hal qilamiz»

«Bunyodkor» prezidenti: «Vazifangiz – futbol o‘ynash, moliyaviy masalalarni biz hal qilamiz»

Baho:
+ | -

Bugun“Bunyodkor”akademiyasimajlislarzalidaklubprezidentiAshirovUlug‘bekMurodilloyevichfutbolchilarvamurabbiylarbilanuchrashdi.

Uchrashuvda “Bunyodkor”ning yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o‘tkazilgan yig‘inlar, mavsum oldida klub oldga qo‘yilayotgan vazifalar, rejalar haqida so‘z yuritildi.

 “O‘tgan mavsumda “Bunyodkor” klub jiddiy sinovlarni boshidan o‘tkazdi. Joriy tarkibni moliyaviy ta’minlash bilan birga eski yillardan yopilmay qolib ketgan qarzdorliklar masalasini ham hal qilishimizga to‘g‘ri keldi.

Umid qilamanki, barcha qiyinchiliklar ortda qoldi hamda endi “Bunyodkor”da bu masalada muammolar bo‘lmaydi. Biz imkoniyat darajasida klubdan o‘z yordamimizni ayaymaymiz. Sizning vazifangiz – futbol  o‘ynash.

Siz chiroyli futbol o‘ynab yuqori marralarni zabt eting, moliyaviy masalalarni biz hal qilamiz. Imkon bo‘lsa “O‘zbekneftga”dan tashqari ham homiylar jalb qilamiz. Klub siyosati o‘zgarmaydi: yoshlarni tarbiyalash, turli yoshdagi terma jamoalarga futbolchi yetkazib berish, yosh futbolchilarga imkoniyat berishda davom etamiz.

“Bunyodkor” asosiy jamoasi, U-18, U-21, ayollar futzal jamoasi, klub akademiyasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Sizlarning rohatlanib futbol o‘ynashingiz uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi. Agar takliflar, sizlarni qiynayotgan muammo yoki savollar bo‘lsa marhamat bildirishingiz mumkin”, - deb ta’kidlab o‘tdi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 22:31, 07.03.2019.
O'qildi: 3555 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик