Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Dzyudochilarimizdan oltin dubl

Dzyudochilarimizdan oltin dubl

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Aytib o‘tganimizdek, Marokashning Marrakesh shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqalardan biri bugun start olgan edi. Quvonarlisi, ushbu turnirning birinchi kun bellashuvlari terma jamaomiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Biroz avval -60 kg vazn toifasida Sharofiddin Lutfullayev oltin medal qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik. Undan so‘ng -66 kilogramm vaznning final bahsida Sardor Nurullayev chempionlik uchun kurashdi. Sardorga bu yo‘lda misrlik Muhammad Abdulmavjud raqiblik qildi. Bellashuv davomida raqibidan ustun ekanligini ko‘rsata olgan Sardor uchinchi daqiqa o‘tib borayotgan paytda raqibini sof usulga tushurib, misrlik dzyudochini muddatidan avval mag‘lub etishga erishdi.

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Marokash Gran-prisining birinchi kunida 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida peshqadamlik qilmoqda. Ertaga bahs olib boradigan polvonlarimizdan ham mana shunday yorqin g‘alabalar kutib qolamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 06:55, 09.03.2019.
O'qildi: 1927 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.