Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Ramos Peres bilan uchrashdi. Ziddiyat hali barham topmadi

Ramos Peres bilan uchrashdi. Ziddiyat hali barham topmadi

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Serxio Ramos kiyim almashtirish xonasida yuzaga kelgan ziddiyatni muhokama qilish uchun klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashdi.

Madridliklar klubi «Santyago Bernabeu»da «Ayaks»ga yirik hisobda yutqazib, YECHLni tark etgach, Ramos va Peres jamoa futbolchilari ko‘z o‘ngida ixtilofga borgan.

Peres «Real» futbolchilariga qattiq baqirgan va hatto «sharmanda» so‘zini ishlatgan. 32 yoshli ispaniyalik futbolchi esa unga javob qaytargan: «Men bilan hisoblash, ketaman».

As xabariga ko‘ra, futbolchi va prezidentning navbatdagi uchrashuvi juma kuni o‘tkazilgan, ammo bu uchrashuvdan samara bo‘lmagan –  tomonlar bir-biriga yon bermayapti.

Ramos va «Real»ning boshqa futbolchilari Peresning so‘zlaridan qattiq ranjishgan. Aytishlaricha, prezident jamoa qatorasiga uch mavsumda Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lganini hisobga olmasdan gapirgan.

Vaziyatni Ramosning «Real» bilan shartnomasi tugashiga ikki yilcha vaqt qolgani yanada murakkablashtirmoqda. Agar klub futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilsa, unga 25 million yevro miqdorida tovon puli to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Futbolchining klubdagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. U Peresga faoliyatining oxirigacha «Real»da qolmoqchiligini aytgan. Sardor va prezident yana bir uchrashuv tashkil qilishga kelishishgan.

Peres bilan ziddiyatga qaramay, Ramos o‘zini yomon natijalar uchun mas’ul deb hisoblamoqda va mavsumning qolgan qismida munosib ishtirok etib, La Ligada ikkinchi o‘rinni egallash uchun harakat qilmoqchi. U jamoaning boshqa futbolchilari bilan ham murabbiylar shtabi ishtirokisiz uchrashuv o‘tkazib, ular bilan keyingi o‘yinlarni muhokama qilgan.

Manba: KUN
Kiritildi: 17:38, 09.03.2019.
O'qildi: 5344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.