Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

Andrey Fyodorov: «Asosiy maqsadimiz – ijobiy natija bilan ortga qaytish»

Andrey Fyodorov: «Asosiy maqsadimiz – ijobiy natija bilan ortga qaytish»

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ertaga OCHL 2-turidan o‘rin olgan "Al Rayan" - "Lokomotiv" bahsi bo‘lib o‘tadi.

"B" guruhida kurash olib borayotgan "Lokomotiv" bu yilgi OCHLni g‘alaba bilan boshladi. Jamoa o‘z maydonida "Al Vahda"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Endi esa "temiryo‘lchilar"ni yana bir muhim bahs kutmoqda. Jamoa ertaga Qatarning "Al Rayan" klubi mehmoni bo‘ladi.

O‘yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Andrey Fyodorov ishtirok etdi.

“Bu yerga tashrif buyurganimizdan mamnunmiz. Hozircha hammasi joyida. Ertaga har ikki jamoani muhim bahs kutib turibdi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Yakuniy hisob qanday tugashini esa bilmayman. Men faqat yaxshisidan umid qilaman. Biz bu yerga ijobiy natija bilan qaytib ketish maqsadida kelganmiz. 

- Raqib jamoa haqida qanday fikrdasiz?

- "Al Rayan" kuchli klub deb o‘ylayman. Ularning birinchi o‘yinda 1:5 hisobida yutqazib qo‘ygani jamoaning kuchsizligini bildirmaydi. Men o‘sha o‘yinni ko‘rdim va aytishim mumkin, "Al Rayan" yomon taassurot qoldirmadi. Faqat ayrim vaziyatlarda jamoadan omad yuz o‘girib raqibning har bir zarbasi golga aylanaverdi.

- Raqibda bosh murabbiy o‘zgardi. Bu "Lokomotiv" foydasiga ishlashi mumkinmi?

“Qachonki jamoada bosh murabbiy o‘zgarsa keyingi o‘yinda nima kutishingni bilmaysan. Jamoa yo syurpriz ko‘rsatishi, yoki yanada yomon harakat qilishi mumkin. Men "Al Rayan" ichida emasman, shu bois jamoadagi vaziyat haqida gapira olmayman. Bosh murabbiy almashgani bizning foydamizga ishlaydimi-yo‘qmi, buni ertaga bilib olamiz.

- "Lokomotiv" avvalgi ikkita o‘yinda tezkor gol urdi va g‘alaba qozondi. Ertaga yana shunday bo‘lishiga umid qilyapsizmi?

- Tezkor gol urish yaxshi albatta. Lekin tezkor gol urgan bilan yirik hisobda yutmadik. Asosiy har ikki bahsni g‘alaba bilan yakunladik. Ertaga ham tezkor to‘p kiritib yakunda uch ochkoli bo‘lsak, bundan faqat xursand bo‘laman”, - deydi Fyodorov.

Manba: Stadion
Kiritildi: 19:02, 10.03.2019.
O'qildi: 3440 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.