Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Serqirra Serxio yoxud Ramosning biznes imperiyasi

Serqirra Serxio yoxud Ramosning biznes imperiyasi

Baho:
+ | -1

«Real» sardori hozirgi reytingga ko‘ra, jahonning 20 nafar eng boy futbolchisi qatorida turibdi. Serxioning yillik daromadi chamasi 27 million yevroga teng.

Shuncha summa qayerdan hosil bo‘lyapti? Qizil va sariq kartochkalarga mehri baland futbolchi «Real Madrid»dan bir yillik xizmatlari uchun 12 mln. yevro miqdorida maosh oladi. Ramos shuningdek, Nike, Movistar], Audi, Hugo Boss, Amazon va boshqa kompaniyalar bilan tuzilgan homiylik shartnomalari ortidan ham binoyidek pul oladi.

1. Xilma-xil «toychoQ»lar

Zamonaviy dunyo tushunchasiga ko‘ra, o‘zini hurmat qiluvchi har bir millioner o‘zining avtosaroyiga kamida 4-5ta elit avtomobilni terib qo‘yishi shart. Serxio Ramos ana shu aqidaga haddan ortiq berilgan futbolchilardan biridir. Har holda, u shaxsiy garajini tobora boyitib bormoqda. Deylik, Audi avtokonserni yaqinda «Real» futbolchilarini o‘z mahsuloti bilan siyladi, albatta, homiylik kelishuvi doirasida. Xullas, asosiy tarkib o‘yinchilari va murabbiylar o‘z didlari va tanlovlariga muvofiq, xizmat mashinasi tanlashdi. Jumladan, «Qirollik klubi» sardori «Madrid» avtoparki uchun ajratilgan eng qimmatbaho «toychoq»ni oldi. Aniqroq aytsak, Serxioning tanlovi Audi A8 50 TDI rusumiga tushdi. Ushbu elit sinfga mansub avtoning bahosi 113 500 dollar bo‘lib, o‘z toifasida eng yaxshisi hisoblanadi.

Umuman, Ramosning shaxsiy avtoparki xilma-xil «toychoq»larga to‘la:

Audi R8 (narxi - 194 000 dollar)

Porsche 997 Turbo S (narxi - 190 700 dollar)

Audi S8 Plus 4.0 TFSi 605 CV (narxi - 115 900 dollar)

Porsche Cayenne (narxi - 166 700 dollar)

Audi RS5 (narxi - 69 900 dollar)

Audi RS6 Performance 4.0 TFSi 605 CV (narxi - 144 800 dollar)

Porsche Panamera (narxi - 85 000 dollar)

Porsche 911 Carrera S (narxi - 190 700 dollar)

Audi Q7 (narxi - 80 000 dollar)

Range Rover Sport (narxi - 66 750 dollar)

Audi A8 50 TDI (narxi - 113 500 dollar)

Darvoqe, Serxio 31 yoshga to‘lishi munosabati bilan akasidan Seat 600 Tuneado avtomobilini sovg‘a sifatida qabul qilib olgandi. U «Real» mashg‘ulotlar bazasiga ko‘pincha shu «toychoq»da qatnamoqda. Xullas, Serxio Ramosning shaxsiy avtoparki chamasi 1,5 million dollarga baholanmoqda.

2. Qasr misoli turar-joy

Tabiiyki, «Real» yulduzi istiqomat qiladigan shaxsiy hovli ham o‘ta dang‘illama. Ushbu koshona La-Moralejedagi xushmanzara tekislikda joylashgan. Gap butun Ispaniyadagi yashash uchun eng qulay hududlardan biri haqida ketmoqda. Ramosning klassikaga naqadar shaydo ekanligini saroydek koshonasi misolida ham fahmlash mumkin. U italyan me’morchiligi va barokko uslubi uyg‘unligida qurilgan. Turar-joyning umumiy yer maydoni 1470 kvadrat|metrga teng. Koshonaning taxminiy bahosi (4,2 million yevro) - uning hashamatidan dalolat. Alohida aytish kerak, uy atrofini 15 000 kvadrat|metrli bog‘ o‘rab turadi. Ayniqsa, markaziy favvora dabdabali chiqqan.

3. Serxio sarmoyasi

Hozirgi holatda Ramosning boyligi taxminan 100 million yevroga baholanmoqda. Muhim jihat shuki, «Real» sardori o‘z mablag‘ini qandaydir bank hisob raqamida saqlayotgani yo‘q, aksincha, turli loyihalarga faol sarmoya tikmoqda. Misol uchun, u Sermos 32 SL nomli kompaniya asoschisi hisoblanadi. Sergioramos.com saytida ushbu loyiha maqsadi oddiy bayon qilingan: «Professional futbolchi Serxio Ramos Garsiyaning faoliyat turlari va mahsulotlari targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi kompaniya». Xullas, Ramosga daxldor barcha tijorat loyihalari aynan Sermos 32 SL nazoratida va kompaniyani futbolchining otasi Xose Mariya boshqaradi.

1. Desarrollos Inmobiliarios Los Berrocales SA (firmaning 49,99 foiz sarmoyasi). Ushbu ko‘chmas mulk Sermos 32 SL orqali nazorat qilinadi. Sarmoya miqdori - 65 million yevro.

2. Foster of Family Savings Altozano yoxud Altozano Servicios. Yana bir ko‘chmas mulk, faqat futbolchining undagi ulushi nisbatan kam - 19 million yevro.

3. Albis Inversione. Chorvachilik sektorining aksiyalari bahosi 10 million yevroga teng.

Alohida ta’kidlash kerak, Serxio Ramos hayotida ot sporti alohida o‘ringa ega, umuman, futbolchining bu jonivorga mehri bo‘lakcha. Deylik, «Real» yetakchisi otlar yonida tushgan suratlarini tez-tez ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi. U hattoki, shaxsiy ot fermasiga ham ega, biroq bu foyda keltiradigan loyiha emas. Ehtimolki, Ramosning zararga ishlaydigan yagona loyihasi ham shudir. Vaholanki, Bollullos-de-la-Mitachon (Sevilya) hududida naq 44 gektardan katta yer maydoni fermaga ajratilgan bo‘lib, unda chamasi 70ta poyga oti parvarishlanadi. To‘g‘ri, loyihaning ba’zi yutuqlari ham bor. Xususan, «Yukatan» laqabli ot Sevilyada tashkillashtirilgan SICAB jahon chempionatida g‘olib chiqib, Serxioni behad quvontirdi.

4. Gestora Mediterranea de Infraestructuras kompaniyasi. Ramos Marbelyada ulkan avtomobillar to‘xtash joyi barpo etgan. 700 dona mashinaga mo‘ljallangan ushbu «garaj»ning ishlari aynan Gestora Mediterranea de Infraestructuras tomonidan yuritiladi.

4. ko‘chmas mulk

Futbolchining eng yirik sarmoyasi ko‘chmas mulk sohasiga yo‘naltirilgan. Xususan, futbolchi Madrid janubida qad rostlayotgan 10 minglab turar-joy xonadonlari qurilishiga hissa qo‘shmoqda. Aslida Ramosning ushbu sarmoyasi xavf ostida ham qoldi. Gap shundaki, Manuela Karmena rahbarligidagi shahar meriyasi loyihani ma’lum muddatga to‘xtatib qo‘ydi. Faqat sanoqsiz e’tirozlar, muzokara va munozara jarayonlari, hisobsiz tekshiruv-tahlillardan keyingina qurilish ishlariga ruxsat berildi. Asosiysi, rejalashtirilgan xonadonlar soni kamaytirilmadi. Hozirda jami 6 bosqichdan iborat bunyodkorlik ishlari jadal sur’atda olib borilyapti va rejaga muvofiq, turar-joy maskani 2034 yili to‘liq tayyor bo‘lishi kerak.

San’at - Serxio Ramos xobbilaridan biri. Futbolchi ayniqsa, oxirgi yillarda ijod yo‘nalishiga jiddiy qiziqish bilan qaramoqda. Uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida taniqli rassomlar bilan birga tushgan suratlari ko‘paydi, san’at ob’ektlari va mashhur kartinalar fonida olingan fotosuratlari ham yetarli. Ramos xususan, yaqinda ispaniyalik taniqli teleboshlovchi Pablo Motos bilan suhbati davomida rassomchilikka jiddiy qiziqishi va ayrim ijodkorlar kartinasiga sarmoya kiritishga tayyorligini bildirdi.

«Real» sardorining yana bir qiziqarli loyihasi  hozircha faqat qog‘ozda bor. Eng ajablanadigan tomoni, ma’lumotlarga ko‘ra, Ramos bunisini «Barselona» himoyachisi Jerar Pike bilan hamkorlikda amalga oshirmoqchi. Oddiy aytganda, futbol maydonidagi ashaddiy raqiblar birgaliklar mutlaqo yangi kommunikasion tizimni yo‘lga qo‘ymoqchilar. Rejaga muvofiq, ularning loyihalari bu turdagi tizimlardan keskin farqlanadi va keng qamrovli bo‘ladi. Xullas, gap «Futbolchilar kuchi» nomli yangi ijtimoiy tarmoq tuzish haqida ketmoqda. Faqat futbolchilar uchun mo‘ljallangan platformaga xohlagan o‘yinchi turli xabarlarni yoki o‘zi haqida qandaydir qiziqarli voqealar bayonini joylashtirishi mumkin. Qisqasi, The Players Tribune (AQSH)ga o‘xshash loyiha. To‘g‘ri, ayni pallada ham barchasi faqat g‘oyaligicha qolmoqda, ya’ni amaliy harakatdan darak yo‘q.

Serxio shuncha ishlar bilan cheklanib qolmay, hujjatli film yaratilishiga ham bosh suqmoqda. To‘g‘rirog‘i, Amazon kompaniyasi aynan Serxio Ramos hayoti va faoliyatini yoritish maqsadida alohida hujjatli kartinaning suratga olish ishlarini boshlab yubordi. Unda tabiiyki, bosh rolni futbolchining o‘zi bajaradi. Demakki, barchasini hikoya qilib beradi - jahon miqyosida qanday shuhrat qozongani, sport va biznesni nimaning evaziga ideal darajada uyg‘unlashtirayotgani, oilaviy hayoti, 3 nafar farzandi, san’atga oshuftaligi... 8 seriyadan iborat film premyerasi shu yili 200tadan ortiq mamlakatda bo‘lib o‘tishi kerak

Manba: Stadion
Kiritildi: 20:47, 10.03.2019.
O'qildi: 10508 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.