Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

La liga. «Real» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

La liga. «Real» irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 27-turi doirasida "Real" safarda "Valyadolid" klubi mehmoni bo‘lib, irodali g‘alabaga erishdi.

Birinchi bo‘limning dastlabki yarmida mezbonlardan omad ochiqchasiga yuz o‘girdi. Bahsning 13-daqiqasida Odriosola o‘z jarima maydonchasi ichida raqib hujumchisini tortib qolgani uchun hakam "Real" darvozasi tomon penalti belgiladi. Alkares esa 11 metrdan to‘pni osmonu falakka tepib yubordi. Keyingi 5 daqiqa ichida "Valyadolid" raqib darvozasini bir emas, ikki marta ishg‘ol qildi. Ammo har ikkala gol kichik ofsayd tufayli bekor qilindi.

Maydon egalari shuncha omadsizlikka qaramay, ruhan sinib qolishmadi. Ular 28-daqiqada madridliklar darvozasini ishg‘ol qilishdi. Anvar Tuhamiy bo‘sh darvozani ishg‘ol qilayotganida ofsaydda emas edi.

"Real" esa tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan paytda Nacho to‘p uchun kurashda darvozabondan ustun keldi. Varan esa osongina to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.

Mezbonlar ikkinchi bo‘limni faol boshlab, ikkita xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo ulardan foydalanishda "Valyadolid" hujumchilariga mahorat yetishmadi. Oradan ko‘p o‘tmasdan esa Odriosola penalti ishlashga muvaffaq bo‘ldi. Benzema undan samarali foydalanib, yana "Madrid"ni oldinga olib chiqdi.

O‘yinda nazorat qilishni davom ettirgan Solari shogirdlari bahsning 60-daqiqasida burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Karim Benzema esa bosh bilan darvozani zabt etdi.

Ushbu goldan keyin "Valyadolid" hujumkorlikni oshirdi. O‘yinning 77-daqiqasida ular burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi va yo‘llangan zarba darvoza ustuniga tegib qaytdi. 80-daqiqada esa Kazemiro ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. "Real" esa bir kishi kam bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, to‘rtinchi golni urdi. Modrich raqib jarima maydonchasi ichida bir himoyachini aldab o‘tdi va birga-bir vaziyatda darvozani ishg‘ol qildi.

Mazkur g‘alabadan keyin "Real" 2-o‘rinda borayotgan "Atletiko"dan 5 ochkolik farqni saqlab qoldi.

Ispaniya La ligasi, 27-tur
Valyadolid – Real Madrid 1:4 (1:1)
Gollar: 1:0 – 29 Anuar, 1:1 – 34 Varan, 1:2 – 51, penalti Benzema, 1:3 – 59 Benzema, 1:4 – 85 Modrich.
Valyadolid – Masip, Kalero, Antonito, Martines, Xoakin Fernandes, Anuar (Verde, 63), Michel, Keko (Chop, 73), Alkaras, Plano (Unal, 86), Serxi Gvardiola.
Real Madrid – Kurtua, Varan (Valyexo, 88), Regilon (Marselo, 89), Nacho, Odriosola, Modrich, Sebalyos, Kroos (Valverde, 74), Kazemiro, Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Odriosola (12), Regilon (45), Martines (61), Kurtua (64), Kazemiro (69).
Chetlatish: Kazemiro (80, ikkinchi ogohlantirish).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:34, 11.03.2019.
O'qildi: 6054 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.