Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan 3-0 Verona
28/12 19:00 Cremonese 0-2 Napoli
28/12 19:00 Sanderlend 1-1 Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas 0-1 Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya 1-1 Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa

Nigora Abdullayeva o‘z vaznining mutlaq chempioni

Nigora Abdullayeva o‘z vaznining mutlaq chempioni

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

AQSHning Las-Vegas shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari davom etmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning navbatdagi kun dasturida ishtirok etgan vakilamiz chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Qizlar o‘rtasida -49 kg vazn toifasida ishtirok etgan Nigora Abdullayeva dast ko‘tarishda 75 kg, siltab ko‘tarishda 90 kg va umumiy hisobda 165 kg natija qayd etdi. Ishtirok etgan sportchilar orasida hech qaysi biri yurtdoshimizning bu natijalarini yaxshilay olmadi va Nigora musobaqaning mutlaq chempioniga aylandi.

O‘smirlar o‘rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Qizlar, -49 kg
1. Nigora Abdullayeva (O‘zbekiston) – 165 kg
2. Valentina Kambei (Ruminiya) – 159 kg
3. Kayya Braynt (AQSH) – 154 kg

Eslatib o‘tamiz, kecha yigitlar o‘rtasida -55 kg vazn toifasidagi bahslarda Og‘abek Nafasov 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritgan edi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi sportchimizning ushbu muvaffaqiyati bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi, sportchimiz va uning murabbiylarinini muborakbod etadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 08:11, 11.03.2019.
O'qildi: 1995 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.