Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio 2-0 Empoli
12/05 17:00 Kadis 1-0 Xetafe
12/05 18:00 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/05 18:00 Verona 1-2 Torino
12/05 19:00 Neftchi 2-2 Andijon
12/05 19:00 So‘g‘diyona 1-2 Navbahor
12/05 19:15 Atletiko 1-0 Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted 0-1 Arsenal
12/05 21:00 Yuventus 1-1 Salernitana
12/05 21:30 Valensiya 0-0 Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta 2-1 Roma
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti

Chin topqir va kashfiyotchi Klod Pyuel haqida...

Chin topqir va kashfiyotchi Klod Pyuel haqida...

Baho:
+ | -

Eden Azar, Tyerri Anri, David Trezege va Ugo Lyoris kabi turli davr yulduzlarini bir jihat o‘zaro bog‘lab turishini bilasizmi? Diqqat qiling, ularni bir murabbiy kashf etgan (to‘g‘rirog‘i, topgan) va u hozir ham top-klubda emas. Ha, shu fakt nuqtai nazaridan Klod Pyuelni chin yulduz sifatida e’tiroof etish mumkin. Biroq... Murabbiylikda 23 yillik tajriba.  2ta oliy sovrin. Har ikkisi naq 17 yil oldin qo‘lga kiritilgan. Mehnat daftarchasida biror top-klub yo‘q. Oxirgi paytda ham chempionat turnir jadvali bo‘yicha o‘rtamiyona sanalgan jamoadagi ish faoliyati. Bu faktlarga qarasak, Pyuel top-murabbiylar qatoriga kirmaydi, aslo. Qolaversa, u asosan Fransiyada tanilgan, APLda esa faqat kamtarinroq jamoalarda ishlagan. Ha, Klod Pyuel deylik, sovrinlarga ko‘milayotgan Xosep Gvardiola ham, ko‘milgan Joze Mourinyo ham emas.

Sovrinlar soni va maqom bo‘yicha shunday: Pyuel o‘sha omadli va omadsiz Mourinyo va pragmatik Gvardiolani qo‘ya turaylik, boshqa nomdor kasbdoshlari oldiga ham tusholmaydi, albatta. Likin murabbiylikning asl mohiyatini nazarda tutsak, Pyuel — chinakam daho. Eng saralarning sarasi! Shunchaki, uning asosiy xususiyati g‘alabalar ham emas, tayyor super-kjamoalarni boshqarish san’ani ham emas. Klod reytingini oshiradigan boshqa muhim «qurol» bor - iqtidorlarni topish. Bemalol va hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, Pyuel bu borada hattoki, topqirligi bilan dong taratgan hamyurti Arsen Vengerdan ham ustun. Fransiyalik mutaxassis joriy mavsum «Lester»ni shug‘ullantirayotgandi va yaqinda natijalar pastligi bois, iste’foga chiqdi. Binobarin, «tulkilar» uning rahbarligida APLda chempionlik yoki sovrinli o‘rinlar tugul, yevroarena yo‘llanmasiga ham da’vogarlik qilolmadilar. Lekin Pyuel har joydagi odatiga sodiq qolib, faol tarzda «Lester» asosiy tarkibiga birin-ketin yoshlarni tortdi. Misol uchun, muhtasham «Uembli» stadionida «Tottenxem»ga qarshi kechgan o‘yinni olaylik: «tulkilar» safida 22 yoshdan kichik naq 8 nafar futbolchi (!) maydonga tushdi - shunchaki, nodir raqam. Ha, «Lester» yakunda kuchli raqibga 1:3 hisobida yutqazdi, ammo o‘yin bobida juda yaxshi ko‘rindi, hattoki, xotirjam holda, «taqachilar»ni qimmatli ochkolardan mosuvo etishi hech gap emasdi. Har holda, «Uembli»da mehmonlar mezbonlarga nisbatan ko‘proq xavfli vaziyatlar yaratishdi, faqat ularga foydalanish koeffisiyentining pastligi pand berdi. Ben Chiluell, Vilfred Ndidi, Jeyms Medisson, Demaray Grey, Yuri Tilemans va Xarvi Barns boshlang‘ich tarkibdan joy olgan bo‘lsalar, yana ikki yosh iqtidor - Kalechi Ixeanacho va Hamza Choutxuri o‘yinga zaxiradan qo‘shilishdi. Xullas, Pyuel «Lester» qiyofasini mutlaqo o‘zgartirmoqda.

«Tulkilar» safidagi hozirgi yigitlardan kimlardir yaqin kelajakda haqiqiy yulduz darajasiga ko‘tarilsa, aslo hayron qolmang. Ehmimolki, ulardan ayrimlari superyulduz maqomini ham olishar. Chunonchi, Pyuel faoliyati davomida yoshlarni katta sahnaga chiqarish syujetini ko‘p bora takrorlagan. U ayniqsa, Fransiya chempionatidagi ishida deyarli har yili loaqal 1-2 nafar mega-iqtidorni kuchli klublarga o‘tishini ta’minlay olgan. Eng qizig‘i, murabbiy hamisha transferi nisbatan arzon futbolchilar bilan ishlaydi. To‘g‘ri, Pyuel nomdor o‘yinchilarni ham o‘z jamoasiga jalb qiladi, faqat bunda yosh faktoriga birlamchi qoida sifatida qaraydi. Oddiy aytganda, uning faxriylar bilan ishlashga uncha toqati yo‘q. Umuman, fransuz mutaxassisi ko‘pincha hali tanilmagan «g‘o‘r» yigitlarga e’tibor qaratib, ularni asta-sekin asosiy jamoaga qo‘shib, yuqori saviyaga olib chiqish hadisini yaxshi o‘zlashtirgan.

Endi aniq asoslarga o‘tamiz. Ochig‘i, Pyuel tomonidan kashf etilgan mashhur futbolchilar ro‘yxatiga qarab, shunchaki, qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Birgina murabbiy shuncha top-futbolchilarni katta sahnaga olib chiqishi mumkinmi? Boz ustiga, hech qachon yirik klublarda ishlamagan holda-ya... Ha, mumkin, bunga Klod Pyuel faoliyati yorqin misol. U chindan ham, yoshlarda futbolcha iste’dodni vaqtida ilg‘ay oladi. Demak, e’tibor qiling, topqir fransuz topgan eng sara yulduzlardan bemalol o‘ziga xos mukammal ramziy terma jamoa shakllantirish mumkin.

Ugo Lyoris. 2008 yili Pyuel 22 yoshli golkiperni «Lion» safiga chorladi. O‘shanda «to‘quvchilar» Fransiya milliy jamoasining bo‘lajak birinchi raqamli darvozaboni uchun «Nissa»ga 7 million funt sterling to‘lashgandi, albatta, Klodning qistovi bilan. Lyoris hozir qanday maqomga ega? U jahon chempioni, Fransiya terma jamoasi va Angliyada o‘z o‘rniga ega klub - «Tottenxem»ning ishongan kiperi.

Villi Sanyol. Germaniyaning 5 karra chempioni va CHL g‘olibi. Sanyol bunday yutuqlarga «Bavariya»da erishdi va barchasiga Pyuel sababchidir. Diqqat qiling, fransuz murabbiyi himoyaning bo‘lajak «devori»ni «Monako»ga chaqirganida, u atigi 22 yoshli notanish yigitcha edi. Fransiya termasida ham yorqin iz qoldirgan Villi aynan knyazlik klubidagi tartibli harakatlari ortidan Bundesligaga yo‘l olitb. keyinchalik chempionat afsonalaridan biriga aylandi.

Odil Rami. Bunisi yanada salmoqli topqirlik: Pyuel 21 yoshli himoyachini Fransiya chempionati to‘rtinchi divizionida ishtirok etuvchi ...havaskorlar jamoasidan olib chiqqan. Qarang-a, «Lill» Rami transferi uchun «naq» 8 ming funt sterling to‘lagan. Xullas, Odil keyinchalik Pyuel kashfiyotlari ramziy jamoasini jahon chempioni sifatida to‘ldirdi.

Dante. Tanish ssenariy: Pyuel «Lill»dagi faoliyati davomida o‘tkir nigohlarini 20 yoshli notanish yigitcha tomon buradi va ko‘p o‘tmay, u «Bavariya»dek grand nazariga tushadi. Darvoqe, Dante ham Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi - bu ham murabbiy reytingiga qo‘shimcha ball.

Rafael Markes. Meksika terma jamoasi muhofaza ishlari vaziri «Barselona» bilan shartnoma tuzishiga qadar Fransiyada to‘p surdi. Xullas, Pyuel 21 yoshli yigitchani «Atlas» (Gvadalaxara)dan taklif etib, «Monako»da bosh rolga ko‘tardi. Liga 1dagi amaliyotdan keyin esa,  Markes CHLda 2 marta bosh sovrin sohibi bo‘ldi, qolaversa, naq 5ta JCHda ishtirok etdi. Qoyil, Rafa, tasanno, Klod.

Erik Abidal. Fransuz kashfiyotchisi Abidalni ikki bora sotib olgan. Birinchi urinishi uncha o‘xshamadi - 21 yoshli Erik «Lill»da o‘zini ko‘rsatolmadi. Lekin Pyuel chekinmadi va yana bir yildan keyin «Lion»da Abidal borasida adashmaganini to‘la isbotladi. To‘g‘ri, birinchi urinishiga nisbatan «sotib oldi» birikmasini ishlatish noo‘rin. Zero, Erikni «Lill» safiga havaskorlar ligasidan jalb etgan va klub aytarli xarajat qilmagandi. Ikkinchi urinishida esa, «Lion» rahbarlarini 300 ming yevro to‘lashga bir amallab ko‘ndirdi. Chunki klub rahbariyati «Lill»da o‘ynolmagan futbolchini sotib olishga qarshi chiqqandi. Lekin murabbiy o‘z qarashida mustahkam turdi va nishonni yana to‘g‘ri olganini ko‘rsatib qo‘ydi.

Yon-Arne Riise. Norvegiya futboliga sovg‘a. 19 yoshli baquvvatgina norvegiyalik yigit ham Yevropa futboli bilan aynan Pyuel tufayli tanishdi. To‘g‘ri, Riise «Monako» tizimiga Klodning aralashuvisiz qo‘shilgan, lekin aynan uning tashabbusi bilan yoshlar tarkibidan asosiy jamoaga sakragan. 2005 yili esa Yon-Arne «Liverpul» bilan Yevropa klub futboli taxtiga ko‘tarilib, norvegiyaliklarga chinakam g‘urur ulashdi.

Lyudovik Jyuli. Fransiyalik sobiq hujumchi katta arenaga yuzlanishiga qadar Pyuel boshqaruvida mahalliy liga chempioni bo‘ldi. Keyin «Barselona» safini to‘ldirib, CHL bosh sovriniga qo‘l uzatdi. Faqat bu safar Pyuel yonida emasdi. Chunki uning ishi sovrin yutish emas, balki Fransiya inkubatorlarida iqtidorlarni topish.

Eden Azar. Bunisiga nima deysiz? Belgiyalik 16 yoshli tineyjer (iqtidor) ham katta futbol yo‘liga aynan Pyuel rahbarligida qadam tashladi. Ya’ni Azar «Lill»dagi erta debyuti uchun fransuzga alohida minnatdorchilik bildirishi kerak. Asosiysi, Klod tezda belgiyalikni «ancha uzoqqa» borishiga ishontira oldi. Yakunda xuddi shunday bo‘ldi — Azarni ortiqcha ta’riflash o‘rinsiz. Gap zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri haqida ketmoqda, shubhasiz. Boshqacha aytganda, u Klod Pyuel imzosi ostidagi eng sara kashfiyotlar qatorida.

David Trezege. 21 yoshida Pyuel e’tiboriga tushgan Trezege «Monako»dayoq superhujumchi maqomiga erishdi. Natijada «Yuventus» bo‘lajak jahon va Yevropa chempioni transferi uchun o‘sha vaqt o‘lchovi bilan katta xarajat qildi - 30 mln. yevro.

Tyerri Anri. Fransiyalik yosh hujumchi o‘z yurtida duch kelgan himoyachini qiynay boshlagan vaqtda Pyuel «Monako» bosh murabbiyi assistenti sifatida ishlardi. Klod klub boshqaruvini o‘z qo‘liga olgach, Tyerri o‘yiniga yanada sayqal berib, uni «Arsenal»ga kuzatib qo‘ydi. Voqealarning keyingi rivoji ko‘pchilikka ma’lum...

Zaxira. Klod Pyuel kashfiyotlari ramziy terma jamoasi zaxirasi uchun ham yulduzlar yetarli. Har holda, aynan fransuz topqiri tashabbusi bilan sotib olingan yoki asosiy jamoaga jalb etilgan futbolchilar qatorida Karim Benzema, Aleksandr Lakazett, Miralem Pyanich, Deyan Lovren, Stefan Lixshtayner, Sidney Govu, Matyo Debyushi kabi yulduzlar ham bor. Tan olaylik, shuncha mashhur familiya gohida o‘nlab sovrinlardan ham muhimroq ko‘rinadi.

         Klod Pyuelning murabbiylik statistikasi

Jamoa

Mamlakat

Ish davomiyligi

Natija

O‘

G‘

D

M

G‘alaba foizi

«Monako»

 Fransiya

1999 yil 13 yanvar - 2001 yil 30 iyun

91

44

16

31

48,35

«Lill»

Fransiya

2002 yil 1 iyul - 2008 yil 17 iyun

298

119

94

85

39,93

«Lion»

 Fransiya

2008 18 iyun - 2011 yil 20 iyun

154

74

44

36

48,05

«Nissa»

Fransiya

2012 yil 23 may - 2016 yil 24 may

167

68

37

62

40,72

«Sautgempton»

 Angliya

2016 yil - 2017 yil 14 iyun

53

20

13

20

37,74

«Lester Siti»

 Angliya

2017 yil 25 oktyabr - 2019 yil 24 fevral

70

26

18

26

37,14

Jami:

833

351

222

260

42,14

 

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 14:12, 11.03.2019.
O'qildi: 2318 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.