Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Humo arena»ning ochilishiga Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi

«Humo arena»ning ochilishiga Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Yana bir necha kundan so‘ng, aniqrog‘i, 15 mart kuni poytaxtimizda o‘zbek sporti tarixida yangi solnoma ochiladi. 2 yil davomida qurilgan muhtasham “Humo” arenasining ochilishi aynan ushbu kunga belgilangan. Bugun mazkur tadbir oldidan matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi, jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston xokkey federasiyasi, O‘zbekiston elektron OAV milliy asosiasiyasi, “Humo arena»si qurilishi direksiyasi rahbariyati va sport jamoatchiligining boshqa vakillari ham ishtirok etishdi.

Anjumanda MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Jasur Matchanov qatnashib, yurtboshimiz tashabbuslari bilan qurilayotgan mazkur arenaning foydalanishga topshirilishi sportning ommaviylashuvida naqadar katta o‘rin tutishini alohida ta’kidlab o‘tdi.

«Xumo arena”si bir so‘z bilan aytganda universal sport inshooti bo‘ladi. Unda nafaqat xokkey balki, qishki sport turlaridan short-trek, figurali uchish, kyorling, konkida yugurish muz qoplama olib tashlansa, gandbol, basketbol, voleybol, dzyudo, og‘ir atletika, mini-futbol va shu kabi juda ko‘plab sport musobaqalarini qabul qilishimiz mumkin. Yaqin yillar ichida sport federasiyalari va assosiasiyalari bilan hamkorlikda majmuada Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan shunday sport turlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarini qabul qilishni rejalashtirganmiz”, – deydi Jasur Matchanov.

Shuningdek, mutasaddilar anjuman davomida jurnalistlar va tadbirga yig‘ilganlarning savollariga javob berishdi. Tabiiyki, ko‘pchilikni qiziqtirgan savol ochilish marosimining qanday ssenariy asosida o‘tkazilishi bo‘ldi.

Ochilish marosimi sport muxlislarining yodida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Badiiy qismning o‘zida 2 mingdan oshiq ishtirokchi qatnashadi. Bundan tashqari arenaga 6 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda. Ochilish marosimida bosh g‘oya san’at va sportni birgalikda uyg‘unlashtirib berishdir. Shuningdek, unda Pavel Bure, Vitaliy Proxorov kabi yaqin o‘tmishimizning xokkey yulduzlari, muz ustida raqs bo‘yicha Turin Olimpiadasi chempioni Tatyana Navka, konsert dasturida esa Filipp Kirkorov, Nikolay Baskov, Dima Bilan kabi estrada yulduzlari tashrif buyurishadi”, – deydi ochilish marosimi tashkilotchisi Madina Tursunova.

“Humo arena»si asosiy va kichik maydonlarga ega bo‘lib, katta musobaqalar uchun mo‘ljallangan qismi 12 500 muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. Mazkur sport inshootining ochilish marosimi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 14:18, 11.03.2019.
O'qildi: 5331 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.