Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Paxtakor» Babayan hujjatlarni soxtalashtirganini tasdiqladi

«Paxtakor» Babayan hujjatlarni soxtalashtirganini tasdiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Samvel Babayan o‘zbek futboliga qaytgani katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri mutaxassisning futbolga qaytishi, uning diskvalifikasiyasi va klubda olib borilayotgan ishlar borasida suhbatlashish uchun «Paxtakor» klubi bosh direktori Dmitriy Adisman bilan uchrashdi.

Smotrite polnuyu versiyu eksklyuzivnogo intervyu s generalnim direktorom «Paxtakora» Dmitriyem Adismanom zavtra na sayte Kun.uz.

Ma’lum bo‘lishicha, «Paxtakor»ning yangi rahbariyati Babayan vaqtida yuzaga kelgan hujjatlar borasidagi muammolarni bartaraf etgan.

«Ha, bizning Babayanga savollarimiz bor edi va ularni murabbiy bilan uchrashuvlar chog‘ida hal qildik. Muammo klubning yoshlar jamoasidagi futbolchilarning hujjatlari bilan bog‘liq edi», - deydi Adisman.

Muammo tarixi
2018 yil 15 yanvar kuni O‘FF ijroiya qo‘mitasi (endilikda O‘FA) Babayanni butun umrga futboldan chetlashtirgan edi. Sabab sifatida Babayanning «Paxtakor»da futbolchilarning hujjatlarini soxtalashtirgani keltirilgandi. 

«Babayan klubda rahbariyat o‘zgarishini bilgach shartnomasi 2018 yilgacha bo‘lgan futbolchilarning hujjatlarini 2017 yilgacha qilib o‘zgartirgan. Bu orqali yil so‘ngida erkin agentga aylangan futbolchilarni boshqa klublarga yuborish orqali pul ishlashni maqsad qilgan»,- deyilgandi xususan ijroiya qo‘mitasi bayonotida.

Biroq keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, Babayanning diskvalifikasiyasi ikki hafta o‘tib bekor qilingan. Bunga sabab sifatida murabbiyning terma jamoadagi faoliyati davomida ko‘rsatgan vatanparvarligi keltirilgan. Bu haqda Babayanning o‘zi Kun.uz’ga ma’lum qilgan.

26 fevral kuni Toshkentning «Lokomotiv» klubi Babayanni klub prezidenti Mansur Rajabovga maslahatchi etib tayinlandi.

«Mening yagona xatom shu bo‘ldiki, vaqtida muxlislarga o‘z qarorlarimni tushuntirib bermadim. Agan nima uchun bu emas, mana bu futbolchilar o‘ynaganini tushuntirib berganimda, menga bunchalik katta bosim bo‘lmasdi»,- degandi Babayan Kun.uz bilan suhbatda.

«Paxtakor»ning reaksiyasi

Dmitriy Adisman 2017 yil may oyida «Paxtakor» direktori bo‘ldi. «Jamoani qabul qilib olganimizda 90 foiz futbolchilarning shartnomalari yil oxirida yakuniga yetardi. Biz har bir futbolchi bilan alohida ishlab, yuridik muammolarni bartaraf etdik. Hozir bizning Babayanga e’tirozimiz yo‘q. U bilan bog‘liq muammolarni uchrashib hal qilganmiz. Agar uni «Paxtakor»ga olib kelganimizda balki muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lishi mumkin edi»,- deydi Adisman.

Manba: KUN
Kiritildi: 20:11, 11.03.2019.
O'qildi: 8618 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик