Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Humo Arena»ga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Humo Arena»ga bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Davlatimiz rahbari dastlab Tashkent City xalqaro biznes markaziga tashrif buyurib, kongress-xoll va besh yulduzli mehmonxona barpo etilish jarayoni bilan tanishdi.

Mazkur inshootlar qurilishi o‘tgan yil mart oyida boshlangan bo‘lib, bugungi kunda muhtasham kongress-xoll va 21 qavatli mehmonxonaning beton-karkas ishlari nihoyasiga yetgan. Hozirda metall konstruksiyalar va kommunikasiyalarni montaj qilish, tom yopish, tashqi pardozlash ishlari olib borilmoqda. 

Prezidentimizga kongress-xollning fasadi, xonalari va yo‘laklarining ko‘rinishiga doir loyihalar namoyish etildi.   

Ma’lumki, Tashkent City biznes-markazlar, mehmonxonalar, ofislar, ko‘p qavatli uylar, restoranlar va boshqa ob’ektlarni o‘z ichiga olgan zamonaviy kompleks bo‘ladi. Kelgusida bu yerda oliy darajadagi tadbirlar, yirik xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev kongress-xollning asosiy zali, har bir xonasini ko‘zdan kechirib, ularning qanday bezatilishi va jihozlanishi, mehmonlar uchun qanday sharoitlar yaratilishi bilan qiziqdi.

Xalqaro sammitlar chog‘ida ko‘plab delegasiyalar qatnashishini inobatga olib, yukori martabali mehmonlar va ishtirokchilarning harakatlanishi, ikki va ko‘p tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi, dam olishi uchun keng qulayliklar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kongress-xollning birinchi qavati zamonaviy dizaynda, ikkinchi qavati esa klassik uslubda bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Yo‘laklarni yurtimiz rassomlarining eng sara asarlari bilan bezatishni taklif qildi. 

Mazkur kongress-xoll yonida qurilgan mehmonxonaga oid loyihalar ham namoyish etildi.

Shu bilan birga, Prezident Tashkent City yaqinida qad ko‘targan “Humo Arena” muz saroyida olib borilayotgan so‘nggi pardozlash ishlarini ko‘zdan kechirdi. 

Davlatimiz rahbari 2017 yil 3 fevral kuni ushbu majmua loyihasini ma’qullab, uning qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. O‘tgan qisqa davrda mamlakatimiz shaharsozligida yangilik bo‘lgan ko‘p tarmoqli sport majmuasi bunyod etildi. 

Majmua Toshkent shahrining Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida, 9 gektar maydonda qurilgan. Zamonaviy muhandislik texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan “Humo Arena” majmuasidan 12,5 ming o‘rinli ko‘p tarmoqli muz arenasi, 200 o‘rinli mashg‘ulotlar maydoni, trenajyor zali, sport muzeyi va ko‘plab boshqa ob’ektlar o‘rin olgan. 

Har biri 60x30 metr o‘lchamdagi asosiy va mashq maydonlari musobaqalarni xalqaro talablar darajasida o‘tkazish, yoshlarni sport bilan shug‘ullantirish uchun yaxshi imkoniyat beradi. 

Mobil o‘rindiqlar sport musobaqalaridan bo‘sh paytda ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ham moslasha oladi. Bu yerda xokkey, short-trek, figurali uchish, kyorling bilan birga basketbol, voleybol, gandbol, futzal, boks, taekvondo va boshqa turdagi bellashuvlar o‘tkazish mumkin. Bundan tashqari, bayram tadbirlari, konsertlar, ko‘rgazma va forumlar tashkil etish uchun ham sharoit yaratilgan. 

Yangi majmua mamlakatimizda sportni rivojlantirish, uning qishki turlarini ommalashtirish, sportchilar tayyorlashni yangi, xalqaro darajaga olib chiqish borasidagi ishlarga kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

Prezidentimiz majmuadan samarali foydalanish, ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, inshoot atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Manba: president.uz
Kiritildi: 20:01, 14.03.2019.
O'qildi: 6928 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.