Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Humo arena» ochilish marosimidan avval matubot-anjumani o‘tkazildi

«Humo arena» ochilish marosimidan avval matubot-anjumani o‘tkazildi

Baho:
+ | -

Bugun o‘zbek sporti muxlislari orzuqib kutgan kun yetib keldi. Gap shundaki, yana birozdan so‘ng poytaxtimizdagi “Afrosiyob” va “Beshyog‘och” ko‘chalari tutashgan joyda “Humo arena” muz saroyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu tarixiy voqelik avvalidan rasmiy matbuot-anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Ushbu anjuman 2 qismdan iborat bo‘lib, dastlabki qismida o‘zbek sporti mutasaddilari jurnalistlar va yig‘ilgan mehmonlarning qiziqtirgan savollariga javob berishdi. Unda O‘zbekiston MOQ nomidan tashkilot Bosh kotibi Jasur Matchanov ishtirok etdi.

Xokkey bizda avvaldan rivojlangan. Biroq so‘nggi yillar xokkey va boshqa bir qator qishki sport turlari biroz e’tiborimizdan chiqib qolgandek edi. Qishki sport turlaridan xalqaro maydondagi natijalarimiz maqtanarli bo‘lmasligiga sabab shug‘ullanish uchun yetarli sharoit bo‘lmagan. Qolaversa, qish o‘lkamizda 2 oy davom etadi. “Humo arena” foydalanishga topshirilgach, yilning istalgan vaqtida qishki sport turlari bilan shug‘ullanish uchun sharoit bo‘ladi”, – deydi Jasur Matchanov.

Shuningdek, anjumanning ikkinchi qismida muz saroyining tantanali ochilish marosimiga taklif qilingan jahon sportning yulduzlari ishtirok etishdi. Ular orasida Aleksandr Yakushev, Vitaliy Proxorov kabi xokkey yulduzlari, mus ustida nafis uchish bo‘yicha Olimpiada chempioni Tatyana Navkadek faxriylarni misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkin.

Humo arena”ning ochilishi, aminmanki, O‘zbekistonda xokkey va qishki sport turlari taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiqadi. Bunday zamonaviy sport inshootida shug‘ullanadigan har qanday yoshlar kelajakda yetuk sportchi bo‘lib yetishishiga ishonaman. Chunki u yerdagi sharoitlarni har yerda ham uchratavermaymiz”, – deydi Aleksandr Yakushev.

“Humo arena”ning tantanali ochilish marosimi bugun 17:00 da boshlanadi. Mazkur tadbirni yoritish uchun 300 dan ziyod mahalliy va xorijiy OAV ishtirok etishadi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 11:21, 15.03.2019.
O'qildi: 2677 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.