Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. «Paxtakor» - «Lokomotiv»

Prevyu. «Paxtakor» - «Lokomotiv»

Baho:
+1 | -

Superliga-2019ni “sherlar” Toshkent derbisi bilan boshlaydi.

Birinchi turda “Paxtakor” Toshkent derbisida "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oxirgi yilllarda chempionatimizdagi eng keskin o‘yinlarga aylanib ulgurdi.

Mavsumni Chempionlar Ligasida 4 uchrashuv bilan boshlagan "Sherlar" endi Superligada ham muvaffaqiyatli yurish uchun bor kuchlarini berishga tayyor holatda turishibdi.

Chempionatlar doirasida klublar 30 bor to‘qnash kelishgan. "Sherlar" 17 bellashuvda zafar quchishgan, 6 o‘yinda "Lokomotiv" g‘olib chiqqan. 7 uchrashuvda jamoalar durang o‘ynashgan. “Paxtakor” 62 gol urib, darvozasidan 30 to‘p olib chiqqan. Bu safar chempionlik uchun da’vogarlardan biri asosiy raqibidan ilk turdayoq o‘zib ketish imkoniyatiga ega bo‘lishi umkin.

O‘z maydonidagi o‘yinlarda “Paxtakor” 9 g‘alaba, 3 durang va 3 mag‘lubiyatni qayd etgan.

2006 yil “Paxtakor” o‘z maydonidagi uchrashuvda 7:1 hisobida zafar quchgan. Bu o‘zaro o‘yinlar tarixidagi eng yirik natija sanaladi.

Bellashuvni diskvalifikasiya sababli "sherlar" hujumchisi Marat Bikmayev o‘tkazib yuboradi.

"Paxtakor" va "Lokomotiv" o‘rtasidagi uchrashuv 16 mart, shanba kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Manba: Stadion
Kiritildi: 14:46, 15.03.2019.
O'qildi: 3421 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик