Lukas Paketaning «Kalyari» darvozasini ishg‘ol qilishi bir statistikaga e’tibor qaratishga undadi: «Milan»dagi braziliyaliklar 2014 yilning mart oyidan buyon gol urishmayotgandi. So‘nggi marta Kaka «Kyevo» bilan o‘yinda to‘p kiritgan.
Besh yillik tanaffus kishini o‘ylantirib qo‘yadi, zero ko‘pchilik «rossoneri» asosi braziliyaliklar hisobiga tuzilishiga o‘rganib qolgandi. Xuddi «Inter»da argentinaliklar ko‘p bo‘lgani singari.
Qishda «Milan» tarkibiga qo‘shilgan Paketadan «yangi Kaka» chiqishini, umuman, «qizil-qoralar» safidagi eng yaxshi braziliyalik bo‘lishini kutishmoqda. Ammo buni uddalash oson emas.
Uzoq yillar mobaynida «Milan»da Braziliyadan chiqqan ko‘plab yulduzlar to‘p surishgan. Football.ua ular orasidan eng yaxshilarini saralab, o‘ziga xos ramziy jamoa tuzdi.
DARVOZABON
DIDA
2000-2010 yillar mobaynida «Milan» libosida barcha turnirlarda 302ta o‘yin o‘tkazib, 244 marta darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan
HIMOYACHILAR
KAFU
2003-2008 yillar mobaynida 166ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urgan
TIAGO SILVA
2009-2012 yillar mobaynida 119ta o‘yin o‘tkazib, 6ta gol urgan
ROKE JUNIOR
2000-2003 yillar mobaynida 44ta o‘yin o‘tkazgan
YARIM HIMOYACHILAR
SERJINYO
1999-2008 yillar mobaynida 281ta o‘yin o‘tkazib, 24ta gol urgan
EMERSON
2007-2009 yillar mobaynida 40ta o‘yin o‘tkazga
LEONARDO
1997-2001, 2003 yillar mobaynida 124ta o‘yin o‘tkazib, 30ta gol urgan
KAKA
2003-2009, 2013-2014 yillar mobaynida 307ta o‘yin o‘tkazib, 104ta gol urgan
ROBINYO
2010-2014 yillar mobaynida 144ta o‘yin o‘tkazib, 32ta gol urgan
HUJUMCHILAR
ALESHANDRE PATO
2008-2013 yillar mobaynida 150ta o‘yin o‘tkazib, 63ta gol urgan
JOZE ALTAFINI
1958-1965 yillar mobaynida 245ta o‘yin o‘tkazib, 161ta gol urgan
ZAXIRADAGILAR:
Gabriel, Aleks, Dino Sani, Amarildo, Ronaldinyo, Rivaldo, Ronaldo, Julio Sezar, Digao, Marsio Amoroso, Rikardo Oliveyra, Rodrigo Eli, Luis Adriano, Lukas Paketa.