Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/02 21:00 Al-Ahli (SA) - Shabab al-Ahli
16/02 21:00 Sharja - Nasaf
16/02 23:15 Al-Hilol - Al-Vahda
16/02 23:15 Ash-Shorta - Duhayl
17/02 00:45 Kalyari - Lechche
17/02 01:00 Jirona - Barselona

Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Oksana Chusovitina Bokudagi jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kuboning navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Bugun reglamentga belgilanganidek, ayollar o‘rtasida tayanib sakrash bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Eng kuchli 8 nafar sportchi orasida bahs olib borgan vakilamiz Oksana Chusovitina joriy turnirdan ham medal bilan qaytadigan bo‘ldi. Sportchimizning ijrosini hakamlar hay’ati 14,450 ball bilan baholashdi.

Finalchilar orasida faqatgina amerikalik Jeyd Keri Chusovitinaning natijasini yaxshilay oldi xolos. Shu tariqa yurtdoshimiz musobaqaning kumush medalini qo‘lga kiritmoqda. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan meksikalik Aleksa Moreno joy oldi.

Sport gimnastikasi. Jahon kubogi. 
Ayollar, tayanib sakrash
1. Jeyd Keri (AQSH) – 14,766
2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14,450
3. Aleksa Moreno (Meksika) – 14,249

Vakilimiz endi 20-23 mart kunlari Doxada bo‘lib o‘tadigan navbatdagi jahon kubogi bosqichiga yo‘l oladi. Yangi reglamentga ko‘ra, aynan ushbu musobaqalar Tokio-2020 Olimpaidasi kvalifikasiyasining bosqichlari hisoblanadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 16:30, 16.03.2019.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.