“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges yozda Ispaniyaga qaytishi mumkin.
“Bavariya” kolumbiyalik futbolchini 43 mln yevro evaziga sotib olish niyati yo‘q. Shu bilan birgalikda Xames ham Madridga qaytishni istamayapti. Chunkiyaqinda o‘z lavozimiga qaytgan Zinedin Zidan uning xizmatiga muhtoj emas.
Manbaning xabar berishicha, agar “Bavariya” Xamesni sotib olishdan bosh tortsa, “qaymoqranglilar” uni boshqa bir klubga 60 mln yevroga sotib yubormoqchi.