Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Tarixiy gollar muallifi yoki Braziliya va Urugvay klublari darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi

Tarixiy gollar muallifi yoki Braziliya va Urugvay klublari darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi

Baho:
+ | -

O‘zbek futbolining afsonaviy namoyandalaridan biri Valeriy Petrovich Lyubushin bundan 8 yil muqaddam bu yorug‘ dunyo bilan xayrlashdi...

U vaqtida Braziliya va Urugvayning mashhur klublari darvozasiga g‘alaba gollarini urgandi! Valeriy Lyubushin biografiyasidagi eng yaxshi davr - bu 1964 yilgi mavsum. O‘shanda chempionat o‘yinlarida Lyubushinning barcha harakatlari zo‘r chiqqan - nozik va nafis uzatmalar, jamoadoshlar bilan ideal darajada tushunib o‘ynash, raqiblar darvozasiga zarba yo‘llash...

Lyubushin ayniqsa, xorijning ikki mashhur klubiga qarshi kechgan o‘yinlarni a’lo saviyada o‘tkazgandi. O, qanday raqiblar-a! 1964 yilning aprelida Toshkent o‘sha vaqt uchun deyarli aqlga sig‘mas xabar tug‘yonida qoldi - «Yurtimizga braziliyaliklar kelishadi!» Tushunarliki, muxlislar 1958 va 1962 yillar qatorasiga ikki marta jahon chempioni bo‘lgan Braziliya milliy jamoasiga chinakamiga hayrat bilan qarashardi, hamma-hamma Pele va Garrincha haqida gapirardi. Xullas, ana shunday pallada «Paxtakor» markaziy stadioni mashhur mehmon - San-Pauloning «Pirasikaba» jamoasini qabul qiladi. Bu «Paxtakor»ning Janubiy Amerika futbol maktabi vakillari bilan ilk to‘qnashuvi edi. Braziliyaliklar ham O‘zbekistonda shunday kuchli va yetarli saviyaga ega klubga duch kelishlarini kutmagan bo‘lsalar kerak. O‘yinning 18-daqiqasida Valeriy Lyubushin jamoadoshi Igor Malinovskiy uzatmasidan so‘ng hisobni ochadi va shu gol o‘yin taqdirini hal qiladi. Lyubushinning o‘zi keyinchalik o‘sha uchrashuvni quyidagicha esga olgandi: «Biz braziliyaliklarni jamoaviy ruhiyat va barcha futbolchilarning bor imkoniyatlarni ishga solishgani evaziga yengganmiz».

Bu «Paxtakor» uchun o‘sha yilgi yagona yorqin g‘alaba emas. Iyun oyida mahalliy gazetalarda yana bir yoqimli xabar tarqaladi: «Evropa bo‘ylab turnesi davomida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan Urugvayning 25 karra chempioni - «Nasyonal» (Montevideo) oxirgi o‘yinini Toshkentda o‘tkazadi». Xuddi «Pirasikaba»ga qarshi kechgan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham «Paxtakor» markaziy arenasi muxlislar bilan liq to‘ladi. Ularning soni 60 mingdan kam emasdi. Mezbonlar o‘yinni aynan avvalgi xalqaro uchrashuvda maydonga tushgan tarkib bilan boshlashadi. Atigi 15-daqiqada Argentina milliy jamoasi futbolchisi Xose Fransisko Sanfilippo shunday kutilmagan zarba yo‘llaydiki, uni bartaraf etish ilojsiz edi. Lekin «paxtakorchilar» o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishmaydi va bo‘lim o‘rtalarida Vladimir Tojirov javob golini uradi. 60-daqiqada esa yana shu Lyubushin «Paxtakor»ga g‘alaba taqdim etgan gol muallifiga aylanadi. Assistent ham o‘sha futbolchi - Igor Malinovskiy. «To‘g‘risi, urugvayliklar Igorning to‘pni tovoni bilan menga uzatishini mutlaqo kutishmagandi», - deya eslagandi Valeriy keyinchalik. Umuman, Braziliya va Urugvay klublari darvozasiga g‘alaba gollarini yo‘llagan Lyubushin shuhrati «Paxtakor»ning xalqaro o‘yinlari tarixiga muhrlangan.

Lyubushin «Paxtakor»dagi faoliyatidan so‘ng «Politotdel» va  «Yangiyer» klublarida o‘ynadi, butsalarini mixga ilgach, bir necha 10 yillar davomida O‘zbekiston jamoalarida murabbiylik qildi, ko‘plab shogirdlarni tarbiyaladiki, ular ustozlarini hamisha iliq so‘zlar bilan yodga olishadi. Aniqroq aytsak, murabbiylik faoliyatini Yangiyer shahri jamoasida boshlagan Valeriy Petrovich keyinchalik «Beshkent» (Beshkent), «Paxtakor» (Andijon), «Kosonsoychi» (Kosonsoy), «Dinamo-Nasaf» (Qarshi), «Xorazm» (Urganch) va «Mash’al» (Muborak) klublarida ishladi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach esa, Lyubushin mahalliy futbol federasiyasi shakllanishi va tashkilot sifatida faoliyat yuritishi yo‘lida katta xizmat qildi. Xullas, mamlakatimizdagi millionlar o‘yini ixlosmandlari haqli ravishda «O‘zbekiston futboli shuhrat zali»ga kiritilgan Valeriy Petrovich Lyubushinni hamisha entikib xotirlaydilar.

 

«Paxtakor» (Toshkent) — «Nasyonal» (Montevideo, Urugvay) - 2:1 (1:1)

1964 yil 8 iyun. Toshkent. «Paxtakor» stadioni.

Gollar: Vladimir Tojirov (29), Valeriy Lyubushin (60) - Xose Fransisko Sanfilippo (15).

«Paxtakor»: Yuriy Pshenichnikov, Viktor Medvedev, Valeriy Muxin, Viktor Naumenko (Rival Zokirov), Maqsud Sharipov, Valeriy Lyubushin, Vitaliy Suyunov, Sergey Melkumov, Gennadiy Krasniskiy, Vladimir Tojirov, Igor Malinovskiy.

Katta murabbiy: Aleksandr Kuzmich Abramov.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 02:04, 17.03.2019.
O'qildi: 3044 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.