Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Ma’mur Saidqosimov: «O‘zbekistonlik hakamlar Osiyoda yetakchi o‘rinlarda borishmoqda»

Ma’mur Saidqosimov: «O‘zbekistonlik hakamlar Osiyoda yetakchi o‘rinlarda borishmoqda»

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
O‘zbekiston futbol assosiasiyasi mamlakatimizda hakamlik sohasini rivojlantirish, malakali hakamlarni tayyorlash va ularning saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Buning samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik hakamlar ko‘plab xalqaro nufuzli musobaqalarga doimiy ravishda taklif qilinishyapti. Ular Jahon chempionati, Osiyo Kubogi, Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan o‘yinlarda muvaffaqiyatli ishlab kelishmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori Ma’mur Saidqosimov bu yutuqlarning ortida mashaqqatli mehnat yotgani haqida aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan hakamlik sohasini rivojlantirish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Jumladan, hakamlarning malakasini oshirish maqsadida ular ishtirokida turli seminarlar o‘tkazib kelinmoqda. Shuningdek, har mavsum oldidan hakamlar jismoniy testlar topshirishadi. Jismoniy testlardan o‘tolmaganlar musobaqalarga qo‘yilmaydi. Bu esa hakamlar doimiy ravishda o‘z ustilarida ishlashlari kerakligini anglatadi. Shuningdek, O‘FA yosh hakamlarni tayyorlab borishga ham katta ahamiyat qaratyapti. O‘FA Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov bu masalani shaxsan nazorat qilib bormoqda.  Hozirda Ravshan Ermatovni butun dunyo taniydi. U o‘zining mehnati va harakati tufayli butun dunyoga o‘zbek hakamlari qanday saviyaga ega ekanligini isbotlab berdi. Ravshan Ermatov ortidan bir qator tajribali hakamlar yetishib chiqmoqda. Bizning vazifamiz ularni ham Ermatov darajasiga olib chiqish.

O‘tgan yili O‘FA Birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga asosan “Yosh hakamlar tayyorlash mezonlari” tasdiqlandi. Ana shu mezonlar asosida yosh hakamlarni tayyorlab boryapmiz. Buning natijasida hozirda ko‘plab hakamlarimiz muntazam ravishda xalqaro musobaqalardan taklif olishmoqda.

Yanvar oyida BAAda o‘tgan Osiyo Kubogida ham mamlakatimiz vakillari juda yaxshi ishlashdi. Ravshan Ermatov yordamchilari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov bilan birgalikda bir qator muhim o‘yinlarni, jumladan, final uchrashuvini yuqori saviyada boshqardi. Bundan tashqari, hakamlarimiz Osiyo chempionlar ligasidan o‘rin olgan musobaqalarda ham muvaffaqiyatli ishlab kelishmoqda. Ravshan Ermatovdan tashqari Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev, Sherzod Qosimov, Aziz Asimov, Ruslan Serazetdinov ham o‘z guruhi bilan Osiyo qit’asining klublar o‘rtasidagi nufuzli musobaqasida ish olib borishyapti. Bundan tashqari, shu yilning 22-26 mart kunlari U-23 Osiyo chempionati saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlar butun qit’amiz bo‘ylab bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonlik bir qator hakamlar mazkur o‘yinlarni boshqarib borish uchun taklif olishgan. Quvonarlisi, ayol hakamlarimiz ham erkaklar bilar bir qatorda xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishlab kelishmoqda. Ularning yuqori saviyasi OFK tomonidan munosib e’tirof etilyapti. Edita Mirobidova, Zilola Rahmatova, Anna Sidorova, Kristina Sereda ko‘plab uchrashuvlarda ish olib borishdi. Shuningdek, bo‘lg‘usi musobaqalarga ham taklif qilinishgan.

Bundan tashqari, 20-24 mart kunlari Toshkentda hakamlarimiz uchun FIFA seminari o‘tkaziladi. Seminarni tajribali hakam, FIFA instruktori Valentin Ivanov olib boradi. Seminar davomida hakamlarimiz uchun muhim ma’lumotlar berib o‘tilib, ular bilan amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonlik nafaqat iste’dodli hakamlar, balki tajribali instruktorlar ham xalqaro miqyosda faoliyat olib borishmoqda. Masalan, FIFA instruktori sifatida ishlayotgan  Farhod Abdullayevni ko‘pchilik yaxshi taniydi. U o‘tgan yili Rossiyada o‘tkazilgan Jahon chempionatida, shuningdek, bu yil BAAda o‘tgan Osiyo Kubogida faoliyat yuritdi. Butun dunyo bo‘ylab tashkil qilinayotgan turli seminarlarda jahonning turli mamlakatlari hakamlariga seminar o‘tkzmoqda. Hozirda O‘FA Hakamlar va nazoratchilar departamentida faoliyat yuritayotgan Vladislav Seytlin ham instruktorlik bo‘yicha ta’lim olim, bu yo‘nalishda ish boshlamoqda.

Shulardan kelib chiqib aytish mumkinki, o‘zbekistonlik hakamlar, hakamlar nazoratchilari va instruktorlar hozirda Osiyoda yetakchi o‘rinda borishmoqda. Biz saviyali mutaxassislarimizni yanada ko‘paytirish uchun bu yo‘nalishdagi ishlarimizni davom ettiramiz”, - dedi Ma’mur Saidqosimov.
Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 12:14, 17.03.2019.
O'qildi: 1212 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.