Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Barselona» Messining xet-trigi evaziga «Betis»dan revansh oldi

La liga. «Barselona» Messining xet-trigi evaziga «Betis»dan revansh oldi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 28-turiga yakun yasaldi. "Barselona" safarda "Betis" mehmoni bo‘lib, yirik hisobda g‘alaba qozondi. Birinchi davrada "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan bahsda andalusiyaliklar nomdor raqibni 4:3 hisobda g‘alaba qozonishgandi.

Bu safar ham "Betis" kuchli pressing orqali o‘yinni boshladi. Valverde bunga tayyor ekanini namoyish qildi va raqibini har tomonlama tor-mor etdi. Kataloniyaliklar raqibning hujumini bartaraf etib, o‘zlarining ilk xavfli vaziyatini golga aylantirishdi. Lionel Messi 22 metrlardan belgilangan jarima to‘pini kuchli zarba bilan golga aylantirdi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Suaresning ajoyib uzatmasidan keyin Leo yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va "Betis" darvozasini osonlik bilan ishg‘ol etdi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Suaresning o‘zi raqibning 3 nafar futbolchisini bitta fint bilan ortda qoldirib, darvozani zabt etdi.

O‘yin tugashiga 8 daqiqa qolganida Moron bitta javob to‘pini kiritib, uchrashuvga biroz intrigani qaytargandek bo‘ldi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tib Messi yana bir shedevr gol muallifiga aylandi. U 12 metrlardan parashyut zarba berib, "to‘qqizlik"ni ishg‘ol qilib qo‘ydi — 1:4.

Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lionel "poker"ni ham rasmiylashtirishi mumkin edi, ammo raqib posboni qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, Messi tomonidan yaqin masofadan berilgan zarbani qaytardi.

Shu tariqa, "Barselona" ikkinchi o‘rindagi "Atletiko"dan 10 ochkoga ilgarilab ketdi.

Ispaniya La ligasi, 28-tur
Betis – Barselona 1:4 (0:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 18 Messi, 0:2 – 45 Messi, 0:3 – 63 Suares, 1:3 – 82 Moron, 1:4 – 85 Messi.
Betis – Lopes, Bartra, Sidney, Mandi, Kanales, Sanches (Emerson, 67), Telyo, Lo Chelso (Laynes, 68), Xese, Guardado, Vilyam Karvalyu (Moron, 75).
Barselona – ter Shtegen, Langle, Pike, Serdji Roberto, Alba, Buskets, Artur (Nelson Semedu, 64), Rakitich (Alenya, 88), Vidal, Messi, Suares (Koutinyo, 90).
Ogohlantirishlar: Guardado (16), Langle (52), Nelson Semedu (67).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:40, 18.03.2019.
O'qildi: 6374 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.