Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

PFL «Navbahor»ga 700 million o‘tkazib berdi

PFL «Navbahor»ga 700 million o‘tkazib berdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, 2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o‘rinlarni egallagan futbol klublariga ma’lum miqdorda mukofot pullari va’da qilgan edi.

Oldinroq Toshkentning “Paxtakor” futbol klubi hisobiga Superligada 2-o‘rinni egallagani uchun 800 million so‘m, shuningdek, futzal jamoasi mamlakat chempionatida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun 200 million so‘m o‘tkazib berilgan edi.

Professional futbol ligasi klublar bo‘ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo‘lishiga qarab, rag‘batlantiruvchi mukofot pullarini o‘tkazib borishni rejalashtirgan.

O‘tgan mavsumda Superliga bronza medallariga ega chiqqan Namanganning “Navbahor” klubi mavjud qarzdorliklarini deyarli to‘liq bartaraf etdi. Klub faqatgina Davron Xoshimov oldidagi qarzdorlikni to‘liq hal etib ulgurmadi. Agar mazkur masala yaqin vaqt ichida yechim topmasa, “Navbahor”ga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishi ehtimoli bor. Qolgan jihatlar bo‘yicha klubda qarzdorliklar mavjud emas.

Shu boisdan “Navbahor” klubi ham birinchilardan bo‘lib mukofot pullarini qabul qilib oldi. Klub hisobiga 3-o‘rin uchun belgilanganidek 700 million so‘m o‘tkazib berildi. 

Qayd etish joiz, O‘zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham va’da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o‘tkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Manba: PFL
Kiritildi: 12:42, 18.03.2019.
O'qildi: 3443 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик