Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Umid Ahmadjonov Osiyo karate federasiyasining bosh menejerini qabul qildi

Umid Ahmadjonov Osiyo karate federasiyasining bosh menejerini qabul qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Umid Ahmadjonov Osiyo karate federasiyasining bosh menejeri Vinsent Chenni qabul qildi. Suhbatning bosh mavzusi esa karate WKF bo‘yicha O‘zbekistonda o‘tadigan Osiyo chempionati bo‘ldi. Muzokarada MOQning birinchi vise-prezidenti Ahmadjon Rahimov, MADA (milliy antidoping agentligi) bosh direktori Nodirjon Tursunov va O‘zbekiston karate milliy federasiyasi raisi Alamjon Mullayev ham ishtirok etishdi.

Suhbat davomida Umid Ahmadjonov O‘zbekistonning Osiyo chempionatini yuqori saviyada qabul qilishiga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Birinchi navbatda O‘zbekistonga tashrif buyurganiningiz bilan qutlayman. Ishonch bilan ayta olamanki, Osiyo karate federasiyasi Olimpiadaga lisenziya beradigan Osiyo chempionatini bizga ishonib topshirsa, biz uni yuqori saviyada tashkillashtirib beramiz. Kuni kecha muhtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan yaxshi niyatlarda ko‘p tarmoqli “Humo arena” saroyi ochildi. Qit’a birinchiligini aynan u yerda o‘tkazishimiz ham mumkin. Sizni o‘z infrastrukturamiz bilan ishontira olamanki, biz yana bir bor ushbu turnirga munosib mezbonlik qilishga tayyormiz”, – dedi MOQ rahbari.

O‘z navbatida Osiyo karate federasiyasi bosh menejeri Vinsent Chen ham aynan infrastruktura bilan tanishish va shu yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida Toshkentga kelganini ta’kidlab o‘tdi.

O‘zbekiston 2012 yili karate WKF bo‘yicha Osiyo chempionatini qabul qilgan va bu boradagi imkoniyatlaringizdan xabardormiz. Biroq oldinda kutib turgan qit’a birinchiligi Tokio-2020 Olimpiadasiga lisenziya berishi bilan yanada katta qiziqishga sabab bo‘ladi. Qit’a chempionatidan avval biz Toshkentda Osiyo karate federasiyasining navbatdagi Kongressini ham tashkil qilmoqchimiz. Shu bois infrastruktura bilan tanishish, mehmonxonalarni ko‘zdan kechirish, delegasiyalarni kutib olish jarayoni qay tartibda bo‘lishini o‘rganish niyatida shaxsan o‘zim Toshkentga keldim. Umid qilamanki, bo‘lajak Osiyo chempionati Toshkent uchun unutilmas voqeliklardan biri bo‘lib qoladi”, – dedi Vinsent Chen.

O‘zaro muzokaralar davomida Toshkent mezbonligida Tokio Olimpiadasining lisenziyalari o‘ynaladigan Osiyo chempionati joriy yilning iyul oyida o‘tishi belgilandi.

Umid Ahmadjonov an’analarga sodiq qolgan holda suhbat yakunida mehmonga esdalik sovg‘alarini taqdim qildi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 15:33, 18.03.2019.
O'qildi: 1967 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.