Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Toshkent mezbonlik qiladigan karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga doir savollarga oydinlik kiritildi

Toshkent mezbonlik qiladigan karate bo‘yicha Osiyo chempionatiga doir savollarga oydinlik kiritildi

Baho:
+ | -

Osiyo karate federasiyasining (OKF) Bosh menejeri Vinsent Chenning poytaxtimizga qilgan bir necha kunlik tashrifi yakunlandi.

Ushbu tashrif davomida mehmon Toshkentning bo‘lajak Osiyo chempionatini qabul qila olish salohiyati va imkoniyatlari haqida o‘rganib, o‘zining ijobiy xulosalarini bildirib ketdi.

Musobaqaga taalluqli sanalar

Muzokaralar davomida bo‘lajak qit’a chempionati qaysi sanalarda bo‘lishi, undan oldin OKF tashkil qiladigan seminarlarning ham sanalariga oydinlik kiritib olindi. Unga ko‘ra, 15-18 iyul kunlari qit’amiz hakamlari, murabbiylari, tashkilot ijroqo‘m a’zolari uchun seminar, shuningdek, bu kunlar davomida OKFning navbatdagi Kongressi ham bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar esa 19-21 iyul kunlari o‘tkaziladi. Bahslarga «O‘zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qilishi kutilmoqda.

G‘olibga beriladigan reyting ochkolari

Osiyo chempionati karate bahslarida jahon chempionatidan keyin Olimpiya o‘yinlariga eng yirik lisenzion ochko beradigan musobaqadir. Unda g‘olib chiqqan sportchilar 970 reyting ochkosini qo‘lga kiritadi. Taqqoslash uchun, Premyer liga bahslari g‘olibi 530, A seriyada muvaffaqiyatga erishgan sportchilar 215 reyting ochkolariga ega bo‘lishlari mumkin. Shunday ekan, Osiyo chempionatida g‘olib chiqish orqali Tokio Olimpiadasi lisenziyasini deyarli hal qilish imkoniyati bor.

Vazn toifalari

Umuman olganda karate bahslarida erkaklar toifasida 6 ta, ayollarda 5 ta vazn bor. Osiyo chempionatida ham odatiy vazn toifalari amal qiladi. Biroq Xalqaro olimpiya qo‘mitasi talabiga ko‘ra Tokio-2020 da 3 tadan vazn toifalarida bahslar bo‘ladi. Ya’ni, Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan vazn toifalarida raqobat keskin bo‘lishi kutilmoqda.

Medallar jamlanmasi

Shuningdek, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy kata bellashuvlari ham bor. Osiyo chempionati shaxsiy birinchilikda 11 vazn toifasida, qolaversa, erkaklar va ayollar o‘rtasida jamoaviy kata hamda kumite bahslari bo‘yicha o‘tkaziladi. Shu tariqa, qit’a birinchiligida jami 15 komplekt medallar jamlanmasi o‘z egalariga topshiriladi.

Olimpiada yo‘llanmalari

Reglamentga ko‘ra, Tokioda har bir vazn toifasida 9 sportchi ishtirok etishi mumkin. Bunda bittadan o‘rinlarni mezbon jamoa vakillari band qilib bo‘lishgan. WKF reytingida eng kuchli to‘rtalikka kira olgan sportchilar to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma qo‘lga kiritishlari mumkin. Qolgan 4 yo‘llanma esa 2020 yil may oyida Parijda bo‘ladigan musobaqada o‘ynaladi.

Manba: Olympic.uz
Kiritildi: 17:09, 20.03.2019.
O'qildi: 2615 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.