Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Ertaga ikki o‘yin — Hindiston va Urugvayga qarshi. Qay biri jonli efirda ketadi va kim sharhlaydi?

Ertaga ikki o‘yin — Hindiston va Urugvayga qarshi. Qay biri jonli efirda ketadi va kim sharhlaydi?

Baho:
+1 | -

Ertaga o‘zbek futboli uchun jiddiy kun. O‘zbekiston olimpiya jamoasi Osiyo chempionati saralashi doirasida Toshkentda Hindistonga qarshi maydonga tushsa, O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoyda o‘tayotgan xalqaro musobaqada Urugvay bilan kuch sinashishi lozim. Ushbu uchrashuvlar «Sport TV» orqali qay tariqa yoritib boriladi?

E’tiborli jihati, har ikki bahs deyarli bir vaqtda boshlanadi. Xitoyda bo‘ladigan O‘zbekiston MTJ — Urugvay MTJ bahsi Toshkent vaqti bilan 16:45da boshlanadi.

«Paxtakor» stadionidagi O‘zbekiston OTJ — Hindiston OTJ bahsi esa Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Rejaga ko‘ra O‘zbekiston — Hindiston bahsi «Sport TV» orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiya qilinadi.

Xitoyda o‘tadigan O‘zbekiston — Urugvay o‘yinini yoritish borasida esa ancha muzokara olib borildi va telekanal rahbariyati ijobiy natijaga erishdi. Ammo har ikki o‘yin bir vaqtga to‘g‘ri kelib qolgani uchun o‘rtoqlik o‘yini maqomida bo‘lgan Urugvayga qarshi bahs yozib olingan holda namoyish etiladi.

O‘zbekiston OTJ - Hindiston OTJ bahsini Murod Rizayev sharhlab boradi. O‘zbekiston MTJ - Urugvay MTJ bahsi esa taniqli sharhlovchi Xayrulla Hamidov zimmasiga yuklangan.

Manba: Xabar
Kiritildi: 16:27, 21.03.2019.
O'qildi: 12012 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.